Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi
U balandligi 25 metrga yetadigan piramida ko‘rinishidagi Kukulkana ibodatxonasiga ko‘tarilgan. Qonunbuzar meksikalik qo‘riqchilar tomonidan qo‘lga olingan.
Meksikada mahalliy aholi zinalar orqali mayyalar ibodatxonasiga chiqib qolgan germaniyalik turistni kaltakladi. Guvohlar tomonidan tasvirga olingan videoni Daily Mail e’lon qildi.
Qayd etilishicha, voqea 20 mart kuni Chichen-Itsedagi Kukulkana ibodatxonasi hududida yuz bergan. Kadrlarda erkak 25 metrli piramida ko‘rinishidagi muqaddas ibodatxonaning tik zinapoyalari bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgani tasvirlangan. Guvohlar hushtak chalib, uni bu ishni qilmaslikdan ogohlantirishga uringan.
Turistni qo‘lga olish uchun meksikalik qo‘riqchilar ham piramidaga chiqishga majbur bo‘lgan. Ular qonunbuzarni majmuadan olib chiqib ketgunga qadar, bir necha kishi turistni urishga ulgurib qolgan. Endilikda qonunbuzar turist qanday jazoga tortilishiga oydinlik kiritilmagan.
Ta’kidlanishicha, 2008 yildan beri qadimgi piramida ustiga chiqish taqiqlangan. Ushbu chora mazkur hududning tarixiy va madaniy qadriyatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda Kukulkana zinalari bo‘ylab ko‘tarilgan polshalik turist ham kaltaklangan. O‘shanda u 12 soat davomida hibsga saqlangan, keyin esa jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026