Jahon | 00:16 / 04.02.2018
27351
7 daqiqa o‘qiladi

Oq uy va respublikachilar FQBga qarshi urush e'lon qildi. Nimalar bo‘layapti o‘zi?

Respublikachilar Donald Tramp atrofidagilarning rus amaldorlari bilan aloqalarini surishtirish bo‘yicha komissiyani yopishning ilojini topolmagan bo‘lsa ham, surishtiruv ishlarining xolisona olib borayotganini savol ostiga qo‘yishmoqchi. Mohiyatan, Oq uy va AQSh Respublikachilar partiyasi FQBga urush ochishdi. «Meduza» AQShdagi 2018 yilning bosh siyosiy mojarosi haqida nimalar ma'lum ekanligi haqida hikoya qilib berdi.

Foto: Louis Lanzano / AP

Sirli yozishmalar

AQSh vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi rahbari Devin Nunes Donald Trampning sobiq maslahatchilaridan biri Karter Peyjning yozishmalari kuzatishda suiiste'molchiliklar yuz bergani haqida maxfiy axborot tayyorlagan. Tramp gumashtalarining Rossiya bilan aloqalarini mustaqil surishtirayotgan Nunesning fikricha, FQBda kuzatish uchun yetarli asos bo‘lmagan, ular hech narsa bilan dalillanmagan, shubhali mazmunga ega «rus ma'lumotnomasi»gagina asoslanishgan. Ma'lumotnomada aytilishicha, go‘yoki Rossiya maxsus xizmatlarida Trampga nisbatan kompromat mavjud; uni ham respublikachilar, ham Hillari Klinton shtabidan moliyalashtirishga ega bo‘lgan Fusion GPS kompaniyasi buyurtma qilgan.

Tramp tarafdorlarining aksariyati yozishmalarning oshkor etilishini talab qilishmoqda. 1 fevral kuni AQSh prezidenti bunga qarshi emasligi, boz ustiga, unga nisbatan hech qanday senzura joriy etmasligini ta'kidlab o‘tdi; yozishmalarning e'lon qilinishini yoqlab Devin Nunes rahbarlik qilayotgan qo‘mita ovoz ham berdi. FQB, adliya vazirligi va demokratlar esa bunga mutlaqo qarshi. Masalan, kongressmen Mayk Kuigli ushbu hujjatni «yuqori sinf o‘quvchisi yarim tunda, kitob o‘qish o‘rniga, ikki shisha pivo sipqorib yozgan hisobot daftari», deb atadi.

Muhim jihat: axborotning to‘liq versiyasi uchta yozishmadan iboratga o‘xshamoqda. Birinchisi — bu o‘sha, Nunesning avval boshdan ma'lum hujjati. Ikkinchisini vakillar palatasidagi demokratlar tayyorlashgan. Unda Nunesning yozganlari tanqid qilinadi — xavfsizlik qo‘mitasida ko‘pchilikni tashkil etuvchi respublikachilar uni e'lon qilmaslikka qaror qilishdi. Aftidan, Nunes tomonidan tayyorlangan uchinchisi ham borga o‘xshaydi — uni Oq uyga go‘yoki ma'qullov uchun jo‘natilgan birinchi yozishmaning tahrirlangan versiyasi deyishmoqda. Hozircha Tramp ko‘rgani emas, faqat birinchi versiya oshkor etilmoqchi.

Karter Peyj kim o‘zi?

Tramp  Merrill Lynch’ning Moskvadagi ofisida ishlagan sobiq investitsion bankir Karter Peyjni 2016 yilning martida — saylovoldi kampaniyasi chog‘ida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha o‘z maslahatchisi, deya e'lon qiladi. Peyj bir necha karra rossiyalik ishbilarmonlar va amaldorlar qurshovida paydo bo‘lgan, uni Rossiya televideniyesiga «amerikalik mashhur iqtisodchi», deb taklif qilib turishgan. Moskvada ishlagani Peyjga Trampning saylovoldi shtabida lavozimga ega bo‘lishda qo‘l keldi. 2016 yil yoziga kelib Trampning atrofidagilar Peyj ular bilan birga ishlamayotganini aytib chiqishdi.

FQB 2014 yildayoq rossiyalik oliy darajadagi mansabdorlar bilan shubhali aloqasi tufayli Peyj bilan qiziqib qolgan. 2017 yilning aprelida sud Peyj ortidan kuzatuv o‘rnatilishiga rozilik bergani va bu ruxsatni bir marta uzaytirgani ham oydinlashdi. Hanuzgacha unga nisbatan biror bir ayblov e'lon qilinmadi. O‘sha «rus ma'lumotnomasi»da Peyj Tramp komandasi va rossiyalik mulozimlar o‘rtasidagi bog‘lovchi sifatida tilga olingan. Uning o‘zi ham, Trampning komandasi ham bir necha bor buni rad etgan.

Karter Peyj. Foto: Sputnik

Xo‘sh?!

Nunesning ta'kidlashicha, Peys ketidan kuzatuv uyushtirish o‘ta shubhali hujjatlarga asoslangan. Boz ustiga, FQBning sudga murojaatlarini AQSh bosh prokurorining amaldagi o‘rinbosari Rod Rozensteyn ma'qullagan. Aynan Rozensteyn Trampning Rossiya bilan aloqalarini surishtirish bo‘yicha maxsus komissiyani tuzgan va uning rahbari sifatida Robert Myullerni tayinlagan. Myullerning ishi juz'iy natijalarga olib kelgan: Trampning sobiq maslahatchisi Jorj Papadopulos yolg‘on gapirgani uchun hibsga olingan va ko‘rsatma bermoqda; milliarderning sobiq shtab rahbari Pol Manafort ham ushlangan (to‘g‘ri, u boshqa ish yuzasidan).

Respublikachilar FQB va adliya vazirligi Trampga qarshi o‘ynashmoqda, deb hisoblaydi. Ularning dalil-ibotlarini yana bir qur eslatamiz:

  • Karter Peyjni Hillari Klinton shtabining puliga yaratilgan ma'lumotnoma bo‘yicha kuzatuv ostiga olishgan;
  • Peyj ortidan kuzatuv qo‘yishni Rod Rozensteyn ma'qullagan;
  • Rod Rozensteyn Rossiya bilan aloqalarni surishtiruvchi komissiyani tuzgan, binobarin, u Trampga qarshi o‘ynamoqda.

Endi nima bo‘ladi?

Usha axborotlarni ertami-kechmi, baribir e'lon qilishadi — buning uchun hech qanday qonuniy to‘siqlar ham yo‘q. Bu FQB direktori Kristofer Reyning iste'foga chiqishi bilan yakun topadi va Oq uyda yanada kuchliroq boshboshdoqlik keltirib chiqaradi, deb yozadi The New York Times. Vox’ning qayd etishicha, yozishmalar keng miqyosdagi surishtiruv ishlari uchun bahonai sabab bo‘lib xizmat qilish kerak, chunki unga ko‘ra FQB va adliya vazirligining o‘nlab xodimlari Trampni yiqitishga urinishmoqchi va kuzatuvlar uchun hujjatlarni soxtalashtirishgan.

Nunesning da'volariga ko‘ra (kamida matbuot e'lon qilganlariga binoan) zaif nuqtalar juda ko‘p. Birinchidan, «rus ma'lumotnomasi»ni tayyorlashda respublikachilarning pullaridan ham foydalanilgani e'tibordan qochirilmoqda. Ikkinchidan, Rod Rozensteyn nafaqat Rossiya bilan aloqalarni surishtiruvchi komissiyani tuzgan, u shuningdek, hisobot yozuvini ham bitganki, u FQBning avvalgi direktori Jyeyms Komining iste'foga chiqarilishi uchun asos bo‘lgan — u esa Tramp bilan ochiqchasiga ziddiyatga borar edi.

Mavzuga oid