Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada harbiy vertolyot uy ustiga quladi
5 fevralda Yaponiyaning Saga prefekturasida mamlakat mudofaa kuchlarining AH-64 vertolyoti xususiy uy ustiga qulagan. Jurnalistlarga mamlakat mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning ma'lum qilishicha, vertolyotdagi ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan. Vertolyot o‘quv parvozi amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Voqea Kandzaki shahridagi tumanlardan birida yuz bergan. Vertolyot ikki qavatli uy ustiga tushgan. Buning oqibatida uyda yong‘in boshlangan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, uyda 4 kishidan iborat oila yashagan, voqea vaqtida ular uyda bo‘lmaganlar.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe devonxonasida voqea bo‘yicha ma'lumot yig‘uvchi inqiroz shtabi tuzilgan. Abe voqea sabablari aniqlangungacha AH-64 vertolyotlari parvozlarini to‘xtatishga ko‘rsatma bergan. Ta'kidlanishicha, Yaponiya armiyasida bunday vertolyotdan 12 dona bor.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026