O‘zbekiston | 15:17 / 05.02.2018
5031
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda o‘zbek kinosi kunlari o‘tkaziladi

Foto: Fotolia

Qozog‘istonda davom etayotgan O‘zbekiston yili davomida o‘zbek kinosi kunlari tashkil etiladi. Shuningdek, o‘zbekistonlik kinematografistlar tomonidan yaqin kunlar ichida Qozog‘iston haqida turli janrlarda kartinalar suratga olinadi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbariyatining Qozog‘iston elchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma'lum qilindi. 

Tomonlar madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha maxsus “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish masalalari, shuningdek, kinosanoat sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlarini muhokama qildilar. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun ikki davlatning professional ssenariynavislari, kinorejissyorlari va tasvirchilaridan iborat ijodiy guruh tuzildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid