O‘zbekiston | 21:01 / 05.02.2018
18001
2 daqiqa o‘qiladi

Mingdan ortiq maktab bosqichma-bosqich ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantiriladi

Foto: Kun.uz

Bugungi kunda respublikamizda 370 dan ortiq ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari faoliyat yuritadi. Bu yerda o‘quvchilar ayrim fanlardan chuqurroq bilim olishadi. 

Bundan tashqari, mingdan ortiq maktabda ixtisoslashtirilgan sinflar ochildi, ya'ni bu yerda o‘quvchilarning iqtidoriga qarab, muayyan fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi va kelajakda bu maktablar bosqichma-bosqich ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantiriladi. KUN.UZ muxbiri Xalq ta'limi vaziri U.I.Inoyatov bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

"Shuningdek respublikamizda metodik maktablar ham mavjud. Buning uchun har bir tumandagi eng namunali, eng yuqori salohiyatli, pedagogik jamoa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan maktablar tanlab olingan va ular to‘rt yo‘nalishda ajratib olingan. Bu yerga tumanda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar haftada bir marta, o‘zlarining metod-kunlari hamkasblari bilan birgalikda o‘z mahoratlarini oshirib borish uchun kelishadi", - deydi vazir.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid