Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Matiz»dagi gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi
2018 yil 02 fevral kuni soat taxminan 22:30da Buxoro viloyati, Kogon tumanida joylashgan “ZELIC OIL GAZ” MChJga tegishli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi oldida “Matiz” rusumli avtomashinaning gaz balloni portlashi natijasida avtomashinada bo‘lgan 2 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajaralishi uchun mas'ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026