Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik politsiyachilar jinoyatchilarni aniqlash uchun “aqlli” ko‘zoynaklardan foydalanishmoqda
Xitoyning Chjenchjou shahridagi vokzallardan birida ishlovchi politsiyachilar jinoyatchilarni aniqlash uchun yuzlarni tanish tizimiga ulangan kameraga ega “aqlli” ko‘zoynaklardan foydalana boshladilar.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, politsiyachilar smart-ko‘zoynaklarni oy taqvimi bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan Yangi yil (8 fevral) bilan bog‘liq tarzda yo‘lovchi oqimi oshishi arafasida qo‘llay boshlaganlar. Politsiyachilar ko‘zoynak yordamida 6 fevralgacha qidiruvda bo‘lgan 7 kishini va shaxsni tasdiqlovchi soxta guvohnomalarga ega 26 kishini aniqlab, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bu ko‘zoynaklar 2015 yilda LLVision kompaniyasi tomondan yaratilgan GLXSS ko‘zoynaklari bo‘lib, ular tashqi ko‘rinishidan Google Glass ko‘zoynaklariga o‘xshaydi. Ko‘zoynak Android’da ishlovchi qurilmaga ulangan bo‘ladi. Qurilma kamera tomondan qayd qilingan yuzlarni qoidabuzarlar bazasi bilan solishtiradi.
Yaqinda Intel ham o‘zining Vaunt nomli smart-ko‘zoynaklarini taqdim qilgan. Google Glass’dan farqli ravishda, Vaunt kamera bilan jihozlanmagan. Ko‘zoynak linzasidagi displey o‘rniga ma'lumotni aks ettirish uchun vertikal taraluvchi lazer qo‘llanadi. Lazer monoxram tasvirni foydalanuvchining ko‘zlaridan birining pardasiga tushiradi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026