O‘zbekiston | 20:50 / 07.02.2018
15792
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki turizm bo‘yicha qaror: 10 fevraldan 3 yil muddatga qator o‘zgarishlar joriy etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.

2018 yil 10 fevraldan 3 yil muddatga shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra:

ish beruvchining sayyohlik turlarini xodimlar va ularning oila a'zolari uchun litsenziyalangan turistik faoliyat sub'yektlaridan respublika hududida sotib olishi ishchining daromadi hisoblanmaydi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblashda chiqarib tashlanadi;

jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab turistik turlarni turistik faoliyati litsenziyalangan sub'yektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasi bilan kamaytiriladi. Bunda tasdiqlovchi hujjatlar turistik yo‘llanma, avia va temir yo‘l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari;

turistik faoliyat sub'yektlarining soliq solinadigan bazasi O‘zbekiston turistik brendi va «Uzbekistan.travel» sayti reklamasi joylashtirilgan bosma mahsulotlar (kartalar, broshyuralar, pamfletlar, flayerlar va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlari (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yopishtirgichlar, qoplamalar, futbolkalar va kiyim-kechaklar, idishlarga yozilgan yozuvlar)ni tayyorlash hamda tarqatilishi uchun sarflangan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi.

Tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab litsenziyalangan turistik faoliyat sub'yektlaridan turistik turlarni xarid qilishga 10 million so‘mga bo‘lgan hajmda, ish haqi hisobidan qoplash imkoniyati bilan iste'mol kreditlari ajratish tavsiya etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid