O‘zbekiston | 19:00 / 07.02.2018
36675
3 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev ichki turizm bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va «Nuroniy» O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamg‘armasiga:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyati bilan hamkorlikda:

bir oylik muddatda turistik infratuzilma yuklamasi hisobga olingan holda mintaqalar kesimlari va jalb etilgan tashkilotlar tomonidan turlar hamda ekskursiyalarni tashkillashtirish jadvali tasdiqlanishi;

doimiy asosda yoshlarni turizm sohasidagi tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha axborot-tashviqot tadbirlari o‘tkazishni ta'minlash;

amaliy chora-tadbirlar rejasini turistik oqimlar mavsumiyligi va mintaqalarning turistik infratuzilmasi to‘la foydalanilishi hisobga olingan holda, jumladan turistik faoliyat sub'yektlarini jalb qilgan holda samarali amalga oshirish bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rish;

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston axborot va matbuot agentligi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida OAV va Internet tarmog‘ida ichki turizmni keng targ‘ibot qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid