Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazoratdan chetda qolgan kollej o‘quvchilari jinoyat sodir etishdi
Samarqand shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 30 yanvar kuni soat 23:40larda Samarqand shahrida 2 noma'lum shaxs Jarariq ko‘chasi 8-uy oldida Farg‘ona tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan. O.Z.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “MI-4X” rusumli mobil telefonini tortib olib ketganlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on tumani Cho‘yanchi mahallasida yashovchi, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.T. va Xavash mahallasida yashovchi, Samarqand shahridagi Transport va kommunal kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan X.E.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026