09:54 / 07.02.2018
30026

Nurmagomedov Fergyuson haqida: boshqa ilojim ham yo‘q 

Foto: screen-ad.ru

Aralash uslub (UFC) bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan chempionlik kamari uchun kutilayotgan jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men uchun bu qiziq. U bilan jangga xuddi o‘limga chiqqandek chiqaman. Mening boshqa ilojim ham yo‘q. Bu jang ikkimizdan qaysi birimiz kuchli ekanini ko‘rsatib beradi», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Izvestiya» gazetasi.

Shuningdek, rossiyalik raqibiga to‘g‘ri baho berayotganini ma'lum qildi.

«Biroq, uning ingichka belini ushlab olganimda, u hech narsa qila olmaydi. Ko‘plar u parterda kuchli ekani, tirsaklari bilan zarba berishda juda xavfli ekanini aytishmoqda. Lekin men ham avval hech kim ko‘rmagan ko‘plab narsalarni ko‘rsatib berishim mumkin. Bu bizning qarama-qarshiligimizni ancha qiziq qiladi.

Mening o‘zim bu jangni juda kutmoqdaman. Kerakli vaznga erishish uchun mashg‘ulotlarni tezroq yakunlashga harakat qilaman, shundan so‘ng uni mag‘lubiyatga uchrataman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang Nyu-Yorkda 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Top