Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 40 daraja sovuqqa dosh bera oluvchi o‘zi harakatlanuvchi poyezd yaratildi
Foto: crrcgc.cc
Xitoyning CRRC Changchun Railway Vehicles kompaniyasi qahraton sovuqlarga dosh bera oluvchi monorelsli (bir izda harakatlanuvchi), mashinist yordamisiz o‘zi harakatlanuvchi poyezdni yaratganini ma'lum qildi.
Poyezd doimiy magnitlarga ega va 40 daraja sovuqqa bardoshli elektr dvigatellar bilan jihozlangan. Poyezd avtomatik ravishda boshqarilgani sababli, u harakatlanishning optimal variantini o‘zi tanlay oladi. U shu tariqa stansiyalar orasidagi intervallarni qisqartirishi va ekspluatatsiya samaradorligini oshira olishi mumkin. Bundan tashqari, yangi poyezd odatdagi poyezdlardan deyarli 25 foizga yengilroq, bu esa energiya iste'molini 22,7 foizga kamaytirishga yordam beradi.
CRRC Changchun Railway Vehicles kompaniyasi 2002 yilda tashkil etilgan. U temir yo‘l poyezdlari va shahar transporti ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Kompaniya tomonidan ishlab chiqariluvchi monorelsli poyezdlar har kuni Xitoyda umumiy hisobda 1,3 mlndan ko‘proq yo‘lovchi tashiydi.
Mavzuga oid
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
21:25 / 18.03.2026