22:34 / 09.02.2018
33577

Chaqaloq savdosi: ona 20 kunlik bolasini sotayotganda qo‘lga tushdi

Foto: Minor.uz

O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan 20 kunlik chaqaloqni sotayotgan fuqarolar jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Jumladan, 1980 yilda tug‘ilgan, oilali, 4 nafar farzandi bor, Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi S.R. o‘zining 20.01.2018 yilda tug‘ilgan qizini, 1975 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida yashovchi U.X. va 1983 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi, N.S.lar oldindan jinoiy til biriktirib, 10.000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdoridagi pulga sotayotgan vaqtida aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar  S.R., U.X. va N.S.larga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top