Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va O‘zbekiston Xitoyga yuk tashish uchun yagona blankni kelishib oldi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qashg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha avtomobillarda xalqaro yuk tashish uchun ruxsatnomaning yagona namunasini kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi 24.kg.
Qirg‘iziston vazirining so‘zlariga ko‘ra, 1998 yil 19 fevralda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovlari xususida bitim imzolangan edi. 2018 yilning yanvarida Toshkentda navbatdagi uch tomonlama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘rnatilgan yo‘nalish bo‘yicha muntazam avtomobil qatnovlarini fevral oyidan, O‘zbekiston tomoni o‘tish uchun ruxsatnoma blankini berishidan so‘ng boshlashni kelishib olishdi.
Yuk tashish uchun ruxsatnoma namunasi kelishilgan. Tomonlar har bir ruxsatnoma Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qashg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha chegaralardagi o‘rnatilgan o‘tkazish punktlarida bir martalik borib-kelish huquqini berishini tasdiqlashdi.
Mavzuga oid
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:00 / 25.05.2026