Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim chempionga uy sertifikatini topshirdi
O‘zbekiston Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgani xalqimizni, ayniqsa, futbol ishqibozlarini behad suyuntirgani, shu bilan birga, barchamizning “millionlar o‘yini”da mamlakatimizning o‘rni mustahkamlanishiga cheksiz umid bag‘ishlagani rost.
Xususan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘oliblari – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolariga yo‘llagan tabrigida quyidagi samimiy so‘zlarni izhor etgan edi: “Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi”.
Shu bilan birga, Osiyo chempionatida muvaffiqiyat qozongan futbolchilarning har biriga “Malibu” avtomobillari Prezident sovg‘asi sifatida taqdim etildi.
Bugun, 9 fevral kuni Navoiy viloyati hokimi Qobuljon Tursunov O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘oliblar safida bo‘lgan Dilshod Hamroyevga Navoiy shahridan uy-joy olish uchun sertifikat bilan taqdirladi.

Mavzuga oid
22:54 / 30.03.2026
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
12:17 / 13.03.2026
Ayol jigarining yarmini eriga berdi
09:52 / 27.02.2026