Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Olmazor tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘ining qurilish ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi tumanlarni aylanmoqda. Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridan keyin prezidentning navbatdagi manzili Olmazor tumani bo‘ldi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‘yida madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevga mazkur park loyihasi yuzasidan ma'lumot berildi.
Bog‘da bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraksionlar tashkil etiladi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani quriladi.
Prezident kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ijodini yoshlarga chuqurroq o‘rgatish zarurligini ta'kidlagan, aholining dam olishi uchun qulayliklarni oshirish, xususan, Nuroniylar maskanida choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklinika barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Prezident Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan.
Davlat rahbari uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini hal qilishga ko‘maklashish, ish o‘rinlari yaratish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish zarurligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
17:43 / 23.06.2026
Toshkentning 4 ta tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi
20:47 / 01.06.2026
Toshkentda transformator yonib ketdi
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
22:00 / 15.03.2026