Jahon | 09:15 / 09.02.2018
12136
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada rossiyaliklar yordamida qurilgan ko‘prik ataylab buzilgan bo‘lishi mumkin

Rossiyalik harbiylar tomondan Suriyaning Daur-az-Zor viloyatida, Frot daryosi ustidan qurilgan ko‘chma ko‘prik suv ostiga ketdi. Bundan ko‘prikning havodan olingan suratlari darak bermoqda. 

Foto: twitter.com/rofoca_lucifuge

Ta'kidlanishicha, Frot daryosidan o‘tuvchi yig‘ma (ponton) ko‘prik tasodifan barbod bo‘lmagan. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlarining rasmiy bosma organi ma'lum qildi.  

Bosma organning ta'kidlashicha, 6 yanvarda daryoda suv sathi bir necha metrga ko‘tarilgan, oqim tezligi esa 2 martaga oshgan. Keyingi kun esa ko‘prik qulab tushgan. Ushbu holatni tergov qilgan suriyalik mutaxassislarning fikricha, bu At-Tabkadagi gidro elektr stansiya to‘g‘onidagi shlyuzlarning ataylab ochib yuborilishi oqibatida yuz bergan. GES AQSh boshchiligidagi koalitsiya nazoratida joylashgan.

Aytilishicha, ko‘prik 2017 yil 23 sentabrda qurilgan. Uning uzunligi 212 metrni, yuk ko‘taruvchanligi 60 tonnani tashkil qilgan. 1 oktabrda ko‘prik qochqinlar qaytayotgan Frotning chap qirg‘og‘idagi gumanitar vaziyatni yaxshilash uchun Suriya tomonga topshirilgan. Bu yerdagi qolgan ko‘priklar esa jangovar harakatlar oqibatida barbod bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid