Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Uyimni o‘g‘ri tunadi...”. Yolg‘on xabar bergan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Inson zotini butun xalq oldida sharmanda qiluvchi illatlardan biri yolg‘onchilikdir. Bunday kishilarni ko‘pchilik yoqtirmaydi, ularga hech narsa ishonilmaydi. Yolg‘onchilar o‘zgalarni laqillatdim, deb o‘ylashadi, holbuki, o‘zlari qazigan chohga faqatgina o‘zlari tushib qolishadi. Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotlardagi hodisalar negizida ham ana shu illat yotibdi.
Joriy yilning 19 yanvar kuni viloyatning G‘uzor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining nomiga kelib tushgan arizada noma'lum shaxslar 2018 yil 17 yanvardan 18 yanvar kuniga o‘tar kechasi shu tumanda yashovchi fuqaro Abduqayum Rahmatovning xonadoniga tushib, yotoqxonaning shkafi ichida bo‘lgan 5000 AQSh dollari va 10 million so‘m miqdordagi pullarni, ikki dona ayollar tilla uzugi va bir dona tilla zanjirini o‘g‘irlab ketganligi bayon etilgan.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan tergov–tezkor guruhi tashkil etilib, hodisa joyiga chiqilgan. Olingan barmoq izlari hamda uydagi holat izquvarlarda biroz shubha uyg‘otgan. Negaki, xonadon sohibasi o‘zini g‘alis tutgan, qolaversa, olingan barmoq izlari ayol kishiga tegishli ekanligi tasdiqlagan. O‘z oilasi uchun jamg‘arilgan mablag‘ga xiyonat qilib, o‘zining bu xatti-harakatini ustamonlik bilan oqlashga uringan fuqaro Musallam Yo‘ldoshevaning pinhoniy rejasi oshkor etilgan.
Yana bir holatda quyidagi voqea kuzatilgan. Dexqonobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan fuqaro Gulbibi Choriyeva o‘zi uchun foydali, o‘zgalar uchun tuhmatga aylanishi mumkin bo‘lgan yolg‘on jinoyat haqida yozma xabar bergan. U o‘zining dastlabki arizasida 2018 yil 20 yanvar kuni yashash uyining mehmonxonasida bo‘lgan sandiqning ichida saqlanayotgan yigirma (20) million so‘m pullari hamda bir dona tilla uzugi va bir juft sirg‘asini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligi, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Qayta yozgan arizasida esa batamom boshqacha. Har nima bo‘lgan taqdirda ham fuqaroning murojaati ichki ishlar xodimlari tomonidan e'tiborsiz qoldirilmadi. Mazkur holat yuzasidan Dexqonobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergov–tezkor guruhi tashkil etilib, hodisa joyiga chiqildi. Voqea joyida tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilganda, fuqaro Gulbibi Choriyeva ushbu pullarni ukalari va o‘g‘lidan olganligini ma'lum qilgan bo‘lsa-da, biroq ukalari va o‘g‘li fuqaro Gulbibi Choriyevaga pul bermaganliklari oydinlashdi.
Bundan tashqari, hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida yashash uy mehmonxonasining eshigiga osilgan qulfning buzilmaganligi va ko‘rsatmalari o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli, uning har bir vaji bo‘yicha zudlik bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda, fuqaro Gulbibi Choriyeva shu kuni mehmonxonasidagi sandig‘ining ichida bo‘lgan bir million bir yuz to‘qson bir ming (1.191.000) so‘m pullarini qizining uyidagi un qutisining ichiga yashirib qo‘yganligini tan oldi.
Gulbibi Choriyevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 237-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026