Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Afg‘oniston prezidentining katta maslahatchisini qabul qildi
2018 yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining qator masalalari, ba'zi xalqaro va mintaqa muammolari muhokama qilindi.
Muzokaralarda asosiy e'tibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi.
Tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda davlatlararo hamkorlik ildam rivojlanayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suhbatda alohida e'tibor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratildi.
Muzokaralarda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026