Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFAdan Misrning JCh-2018 bazasi sifatida Chechenistonni tanlaganini bekor qilishni talab qilishmoqda
FIFA Misr terma jamoasining 2018 yilgi jahon chempionati vaqtida Chechenistondan baza sifatida foydalanish uchun topshirgan zayavkasini tasdiqlagan. Shundan so‘ng nufuzli tashkilotga bir necha qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan va hudud rahbari Ramzon Qodirovning inson huquqlarini buzayotgani haqidagi ayblovlar yog‘dirilgan, deb yozadi AP News.
«FIFAning Checheniston poytaxti Grozniy shahridan JCh-2018 bazalaridan biri sifatida foydalanishi shokka tushiradi va e'tirozlar keltirib chiqaradi. FIFA o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqib, JCh-2018 chog‘ida Misr terma jamoasining joylashishi uchun Grozniy o‘rnini boshqa bazaga almashtirishi kerak», — degan Human Rights Watch huquq himoyachilari tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo liniyasi bo‘yicha direktori o‘rinbosari Jyeyn Byukenen.
Byukenen xonimning aytishicha, Checheniston rahbari Qodirov «hududdan xuddi otameros mulki sifatida foydalanadi va inson huquqlarini jazolanishlarsiz poymol etib kelmoqda». «FIFAning bunday qarori Qodirovning nihoyatda zulmkor rejimini qonuniy deb topilishiga ko‘mak beradi. FIFA Qodirov bilan hisoblashayotgani bemazagarchilikdan o‘zga narsa emas», — degan u.
Futboldagi turli kamsitishlarga qarshi kurashuvchi «Futbol Yevropada irqchilikka qarshi» tashkiloti (Fare network) ham FIFAning Chechenistonni JCh-2018 bazalaridan biri sifatida tanlaganini xato deb hisoblaydi.
«Ayni paytda Misr futbol federatsiyasining Grozniy shahrida joylashuvi muayyan inson huquqlari buzilishlarini keltirib chiqarishiga ishonishimiz uchun asos yo‘q. Yaqin oylar ichida FIFA inson huquqlari sohasida ma'lum bir choralarni qo‘llaydi va Grozniyning JCh-2018 bazasi sifatida tanlanishi tomon aytilayotgan baholashlarni o‘zgartirishga harakat qiladi. FIFA kamsitishlarning har qanday ko‘rinishini qoralashiga shak-shubha bo‘lmasligi kerak», — deya bayonot bergan FIFA.
Misr terma jamoasi JCh-2018 davomida Grozniyga joylashishi haqida dekabr oyining oxirlarida ma'lum bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 qur'asi natijalariga ko‘ra, Misr jahon chempionati mezboni — Rossiya, shuningdek, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan «A» guruhidan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026