Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltiariqdan xushxabar: Qo‘ylar egalariga qaytarildi!
Foto: Facebook
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani «Qiziltepa» MFYda yashovchi Hasanboy Yunusov va uning qo‘shnisi Rahmatjon Abduqahhorovga tegishli jami 65 bosh qo‘y-qo‘zilar fermerning g‘alla dalasiga kirib ketib payhon qilingani sababli 20 yanvar kuni tuman IIB tomonidan haydab ketilgani va hanuzgacha egalariga qaytarilmayotgani haqida xabar bergan edik.
Tahririyatimizga Hasanboy Yunusovning o‘zi qo‘ng‘iroq qilib bildirishicha, hozirgina unga tegishli qo‘y-qo‘zilar uyiga olib kelib berilgan. Qo‘shnisi R.Abduqahhorovga tegishli qo‘ylar ham qaytarilgan.
— Qo‘ylaringiz 25 bosh edi, sanab oldingizmi, hammasi butmi? O‘sha qo‘ylarmi?
— Ha, o‘sha qo‘ylar hammasi but. 25 bosh edi, 27 bosh qilib qaytarib kelishdi. Ikkita sovliq qo‘zilabdi (kuladi). Hozir qo‘ylarni eson-omon qabul qilib olganimiz haqida tilxat ham yozib berdik. Bizni qiynagan muammo hal bo‘lishida yordam qilgan, jamoatchilik diqqatini jalb qilib, bizni yolg‘iz tashlab qo‘ymagan barcha jurnalistlarga oilamiz nomidan tashakkur bildiramiz, — dedi Hasanboy Yunusov.
Mavzuga oid
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026