Bankomat va infokiosklar – mijozlarga qulaylik!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan ATB “Qishloqqurilishbank” tomonidan aholining turmush farovonligini ta'minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, plastik kartochkalardan foydalanishda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2017 yil davomida 10ta qo‘shimcha bankomat sotib olinib, bankning mintaqaviy filiallarida ishga tushirildi.
Shuningdek, respublika bo‘ylab bankning infokiosklari tarmog‘i kengayib bormoqda. Bankning infokiosklari soni 2015 yilda 26tani tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 125ta va 2017 yilda 30ta qo‘shimcha infokiosk xarid qilindi. Ayni vaqtda bank tizimida 180 dona infokiosk aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Infokiosklar bank filiallari, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, kommunal tashkilotlar, ta'lim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa aholi gavjum joylarga o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahar mintaqaviy filiali tomonidan poytaxtdagi Mirobod bozori hududida va bankning markaziy idorasi binosida bankomat joylashtirilgan. Shu kunlarda bankning Samarqand va Buxoro mintaqaviy filiallari binolariga bankomatlar joylashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu kabi chora-tadbirlarning barchasi aholiga va mijozlarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni ta'minlash, fuqarolarning tijorat banklariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Qishloq qurilish bank” bankomatlarida bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini yechish, ham plastik kartochkalar bilan amallar bajarish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.
“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
17:09 / 22.02.2024
Bankomatlardan pul yechishdagi komissiya miqdori 1 foizdan 1,5 foizga oshgani haqidagi xabarlar rad etildi
18:06 / 07.11.2023
Humo bankomatlarida pul yechish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi
18:07 / 05.07.2023
Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi deyarli yakunlandi
13:46 / 10.05.2023