Iqtisodçi Özbekistonda göşt va göşt mahsulotlari kötarilib ketgani sabablari böyiça öz fikrlari bildirilgan maktubini tahririyatga yölladi.
Assalomu alaykum, KUN.UZ saytining hurmatli xodimlari. Saytingizda respublikamiz aholisi hayotidagi dolzarb muammolar va davlatimizning içki va taşqi siyosatida bölayotgan özgarişlar xolisona yoritilib borayotganini kuzatgan holda, uşbu fikrlarimni aynan siz bilan örtoqlaşişni lozim topdim.
Agar mening xulosalarim saytingizda e'lon qilinib, mutasaddi taşkilotlar e'tiborini jalb qilsa, öylaymanki, juda örinli iş bölardi. Saytingizda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan e'lon qilingan materiallarda (Göşt narxi nega kötarilib ketdi?) göşt narxi oşib ketişiga yem mahsulotlari tannarxi qimmatligi va realizatsiya bilan boğliq işlarda «vositaçilar»ning köpayib ketgani asosiy sabablardan deb körsatgani hamda narxlarni bir me'yorda uşlab turiş uçun bozorlarga arzon narxlarda göşt yetkazib bergan fermer va qorakölçilik xöjaliklariga yoğ-moy korxonalari mahsulotlari birja savdolari orqali imtiyozli şartlarda ajratilişi va boşqa çoralaridan körinib turibdiki, ular tomonidan göşt narxi oşib ketişining asosiy sabablari hamda ularni bartaraf etiş çoralari töliq va xolisona örganilmagan. Şu sababdan, taalluqli sohalarda uzoq yillar işlagan oliy ma'lumotli iqtisodçi sifatida öz fikrimni bildiraman.
1. Yem mahsulotlari asosan davlat tasarrufida bulgan Yoğ-moy va Donmahsulot korxonalarida işlab çiqarilayotgani va narxlari davlat tomonidan qat'iy belgilangani sababli tannarxining qimmatligi yem mahsulotlari narxi oşişiga va mos ravişda göşt narxi kötarilişiga olib kelmaydi.
2. Prezidentimizning 19.01.2018 yildagi Yoğ-moy mahsulotlari narxi asossiz oşişiga qarşi qaratilgan qarori bilan Ozuqa-yem ta'minoti birlaşmalari tugatilgandan keyin yem-mahsulotlarining realizatsiyasi bilan şuğullanuvçi birgina rasmiy vositaçi bor, u ham bulsa Tovar va xomaşyo birjasidir.
3. Bozorlarimizda sotilayotgan göştning 50 foizidan köproq uluşi aholining iş bilan ta'minlanmagan qatlami tomonidan şaxsiy xöjaliklarda yetiştirilayotganini va bu faoliyat Prezidentimiz tomonidan rağbatlantirilayotgan tadbirkorlikning bir körinişi ekanini hisobga olgan holda ularni qöllab-quvvatlaş çoralari körilmagan.
Şu sababdan, faqat arzon göşt sotayotgan fermer xöjaliklariga (köpgina hollarda «arzon göşt sotdi», deyilgan qalbaki ma'lumotlarga asosan) birja savdolari orqali yem mahsulotlari imtiyozli holatda sotilganda ham, 1 kg göşt yetiştiriş uçun qora bozorda örtaça narxi 1700-2200 söm bölayotgan 18-20 kg yem mahsulotlari sarf bölişi va boşqa xarajatlar hisobga olinsa, 1 kg göştning tannarxi 35–40 ming sömga, mol boquvçi va «insofi haminqadar» qassobning foydasi qöşilsa, sotiliş narxi 45–50 ming sömga töğri kelmoqda.











