Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi 26 oktabr kuni Özbekistonda 2020 yilning sentabr oyida kuzatilgan inflatsiya darajasi haqida umumiy ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga köra, şu oyda iste'mol narxlari indeksi oylik 1,4 foizni taşkil etdi. Ötgan yilning mos davrida mazkur körsatkiç 1,3 foizga teng bölgan.

«Sentabr oyidagi inflyatsion dinamika tahlili şuni körsatmoqdaki, narxlar ösişining asosiy sababi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ösişining kon'yunkturasi bölib, bu öz navbatida göşt va yoğ-moy mahsulotlari, non mahsulotlari va tuxum narxlarining qimmatlaşişi, şuningdek meva-sabzavot mahsulotlari narxining mavsumiy oşişi bilan izohlanadi.

Yuqorida sanab ötilgan mahsulot guruhlaridan, birinçi navbatda, göşt mahsulotlari narxlarining ösişi asosiy sabablari quyidagilardir:

— yem-xaşak bazasi uçun xomaşyo, xususan, paxta xomaşyosi, pöstloq va yem aralaşmasi zaxiralarining mavsumiy kamayişi. Bu öz navbatida, mazkur mahsulotlarning birja narxlarining mos ravişda 17, 21 va 27 foizga oşişiga olib keldi;

— Qozoğiston tomonidan eksport çeklovlari tufayli qoramol importini qisqarişi. Misol uçun 2020 yilning 8 oy natijasiga köra, mamlakatda 25 ming boş yirik va 12,5 ming boş mayda qoramol import qilingan. 2019 yilning 8 oylik natijalariga köra, mazkur körsatkiçlar mos ravişda 146 ming va 258 ming boş qoramolni taşkil qilgan;

— 2020 yilning avgust oyi örtalarida karantin çeklovlarining olib taşlanganidan söng, faoliyatini tiklagan ommaviy ovqatlaniş korxonalarining göşt va göşt mahsulotlariga bölgan talabining oşişi. Şu bilan birga, 2020 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) göşt işlab çiqarilgan (ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga köproq). Bundan taşqari, 2020 yil yanvar-sentabr oylarida 14 ming tonna mol göşti va 20 ming tonna tovuq göşti import qilingan», — deyiladi vazirlik ma'lumotnomasida.

Göşt narxi ösişi taşqi omillar ta'siridan taşqari, içki bozorlardagi tartibga soliniş mexanizmlarining samarasizligi tufayli yuzaga kelgan deyiş mumkin.

«Bu, öz navbatida, işlab çiqariş darajasining kamtarona ösişiga qaramasdan, göşt mahsulotlarini yetkazib berişning yetarli darajasini ta'minlaş uçun ozuqa bazasining rivojlanmaganligi bilan boğliq», — deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Garçi içki va taşqi xavflar biroz pasaygan bölsa-da, dunyoda koronavirus bilan kasallanişning köpayişi va mamlakatda karantin çoralarini qayta joriy etilişi mahsulot ta'minotidagi uzilişlarga olib kelib, oxir-oqibat ayrim tovar bozorlariga talab va taklifdagi nomutanosibliklar paydo bölişiga, bundan taşqari Özbekistonda inflatsiyaning mos ravişda tezlaşişiga ta'sir qilişi mumkin.