Bozor va dökonlarda eng zarur oziq-ovqat narxlari kötarilib ketayotgani fonida «Oila davrasida» gazetasi muxbirlari bozor aylandi
Ma'lumotlarga köra, bugungi kunda aholimiz kundalik turmuşi uçun 45 ga yaqin turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladi. Oyligining qariyb 40 foizini aynan şularga sarflaydi. Albatta, bu yaxşi körsatkiç, yurtdoşlarimiz turmuşi farovonligidan dalolat beradi. Lekin...
Keyingi paytlarda bozorlarimiz rastalarida ayrim oziq-ovqat — göşt, yoğ, şakar, tuxum, kartoşka, piyoz singari hayotiy zarur mahsulotlarning narxi sezilarli darajada oşdi. Natijada, har oyda bozor-öçarga möljallagan mablağiga örtahol oilaning bozorxaltasi tölmay qolmoqda. Ayrim mahsulotlarni, hatto, röyxatdan öçirişga, bola-çaqa rizqidan çegirişga töğri kelyapti. Tabiiyki, narx-navoning bu tarzda kötarilib ketganidan xaridorlar norozi.
Xöş, kundalik ehtiyojimizdagi mahsulotlar nega qimmatladi? Buning asl sabablari qayerda?
«Birinçi qöl»ni izlab...
Dastlab yuqorida sanab ötgan mahsulotlarimizning ayni paytdagi örtaça narxlariga töxtalsak. Bugungi kunda bozorlarimizda 1 kilogramm göşt 30–40 ming, kartoşka 4000–4500, piyoz 3000–3500, şakar 5600–6000, paxta yoğining 1 litri 9000, kungaboqar yoği esa 11500, tuxum 500–550 sömni taşkil etmoqda. Bu narxlar joriy yil boşiga soliştirganda birmunça yuqori. Tafovut ba'zilarida ön, ayrimlarida esa yigirma foizgaça. Bu esa kişida xavotir uyğotadigan körsatkiç.
Narx-navoning bu tarzda kötarilişiga nima sabab bölmoqda? Xaridorlarning ayni şu haqli savoliga javob izlab, poytaxtimizdagi bir neçta bozorlarni aylandik, tadbirkorlar bilan suhbatlaşdik. Oziq-ovqat narxlarining ösişiga sabab bölayotgan omillarni örganişga harakat qildik.
Dastlab, har kuni iste'mol qilinadigan öta muhim mahsulotlardan biri — yoğ haqida. Aksariyat savdo dökonlarida paxta yoğining özi yöq. Ayrim ixtisoslaşgan dökonlarda esa bir litrini 10 ming sömgaça xarid qiliş mumkin. Ammo deyarli barça bozorlarda, pana-pastqam joylarda paxta yoğining litrini 8-9 ming sömdan sotişmoqda. Faqat ularda naqd pulga. Birortasida terminalni ham, kassa apparatini ham körmaysiz. Bu «tadbirkorlar» yoğni kimlardandir olib kelib, ustiga yaxşigina qöyib sotayotgani aniq, faqat buni ularning özidan ham, birorta bozor ma'muriyatidan ham aniqlaşning iloji bölmadi.
Bilasiz, paxta yoği özimizda işlab çiqariladi. Aniqlanişiça, bu mahsulot zavod hamda xususiy bazalardan olib kelinadi. Heç qanday vositaçisiz, «birinçi qöl»da. Paxta yoğini naqd pulga, pul ötkaziş yöli bilan yoki plastik kartaga ham xarid qiliş mumkin. Biroq pul ötkaziş yoki plastik kartaga sotib oliş naqdga qaraganda kamida 20 foizgaça qimmatga tuşar ekan. Çunki pulni bankdan bankka ötkazganda muayyan foiz uşlab qolinadi. Bu yoqda soliqlar degandek... Şu bois bölsa kerak, naqd pulga — dahmazasi kam va nisbatan arzon.
Mavzuga oid
Bu — muammoning bir tarafi. Ammo boşqa bir örinli savol bor: nega özimizdagi paxta yoği işlab çiqaruvçi zavodlarning joylarda, hududlarda maxsus dökonlari yöq? Axir, aholiga yoğni şunday markazlaşgan dökonlar orqali «birinçi qöl»da yetkazib bersa böladi-ku?! Natijada yoğ olibsotarlar qöliga çiqib, narxlar sun'iy oşib ketmaydi, aholi ham maqbul narxda xarid qiladi.
Endi çetdan keltiriladigan ösimlik yoği haqida. U ham özimizning zavodu korxonalar tomonidan valyutada olib kelinadi. Uning narxi kötarilişiga asosiy sabab — xorijiy valyuta kursining oşib borayotgani bilan izohlanadi. Negaki, har gal sömdagi qiymat oşsa, tadbirkor rastasini qayta şu mahsulot bilan töldirişi uçun özining foydasini ham xarajatga sarflaşga majbur.
Arzonlaştirilgan şakar va yoğ mahsulotlari, ammo faqat naqd pulga...
Lekin aholining zarur oziq-ovqat mahsuloti narxi nahotki valyutaning «qora bozor»dagi kursiga boğliq bölsa, degan savol tuğiladi. Ayrim «uçar»lar yoğni xorijdan davlat belgilagan kursda olib kelib, bu yerda xaridorlarga «qora bozor» oşganini peş qilmayaptimikan degan, istihola ham yöq emas.
Ayrim xaridor va sotuvçilarning aytişiça, narx-navoni tartibga soliş uçun, eng avvalo, çetdan keltirilayotgan yoki xorijiy mahsulotdan tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini zavod-fabrikalarda va xususiy bazalarda pul ötkaziş yöli bilan yoki plastik kartaga sotişni joriy qiliş zarur. Bundan taşqari, banklardagi pul ötkazmalariga qöyiladigan ustamani ham kamaytiriş kerakka öxşaydi. Bularning bari oxir-oqibatda narx-navoga ta'sir etişi tabiiy.
Yana bir mahsulot — kartoşka va piyoz xususida. Uning narxi ham havas qilsa arziguli emas. Buning sababi mamlakatimizda ötgan yili piyoz kutilgandek köp hosil bermadi. Ammo asosiysi bu emas. Şu iş bilan şuğullanib yurgan dehqonlarning aytişiça, piyoz yoki kartoşka narxining oşişida ularda ayb yöq. Boisi uşbu mahsulotlarni köp miqdorda yetiştiradigan dehqon heç qaçon bozorda ertalabdan keçgaça ötirmaydi: vaqti yöq. Dehqon mahsulotining xaridori — ulgurji olibsotarlar. Ular kötarasiga xarid qiladi-da, hatto, ikki barobargaça ustama qöyib sotadi.
Şu örinda bir misol. Bir gektar yerdan 60–70 tonnagaça (agar hosil möl kelsa) piyoz hosili oliş mumkin ekan. Ekinni yerga ekişga tayyorlaşdan tortib, to hosilni uzib, qopga joylagunça örtaça 35 million söm xarajat ketadi. Şundan keyin dehqon piyozni ulgurji narxda kilosini 1,5 ming (kamdan-kam hollarda 2 ming söm) sömdan pullaydi. Tamom. U yoğiga qança narx qöyilişi savdogaru olibsotarning vijdon amriga havola.
Şakar borasida ham ahvol tuşunarsiz. Yuqorida aytganimizdek, 5600-6000, ba'zi dökonlarda hatto 6500 sömdan ham emin-erkin sotilmoqda. Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31 martdagi tegişli hujjatiga asosan, bugungi kunda şakarning çakana narxi 5200 söm etib belgilangan. Unga köra, şakarni uşbu narxdan yuqori sotiş mumkin emas. Xöş, nega hukumat örnatgan tartibga amal qilinmayapti? Sotuvçilardan buning sababini sörasak, xorijiy valyutaning kursi oşganini peş qilişdi...
Oçiği, buni asoslangan sabab, deb qabul qiliş biroz mantiqsiz. Çunki nafaqat savdo yarmarkalarida, balki aksariyat savdo nuqtalarida şakar belgilangan narxda sotilmoqda. Uni nisbatan qimmatroqqa pullayotganlar esa yo davlat tartibini pisand qilmayapti yoki tekşirişdan xavfsirayotgani yöq. Yoki bozor «katta»larining özlari bunga negadir oçiq yöl qöyib bermoqda...
Jaziramada navbat kutib
Bugungi kunda barça bozorlarimizda «Elga xizmat» şoxobçalari muntazam faoliyat yuritadi. Davlatimiz bu borada aholiga qulaylik yaratib bergan. Şukrki, bunday şoxobçalardan istalgan mahsulotni aholi arzon narxlarda xarid qilişi mumkin. Masalan, bu yerda göştning narxi 21 mingdan 25 ming sömgaça. Töğri, bu göşt seryoğ, sersuyak hamda qadoqlangan. Şunday bölsa-da, xaridori talaygina. Ammo bu yerda ham bir qança muammo bor. Jumladan, «Farhod» dehqon bozoridagi «Elga xizmat» rastalarida göştni plastik kartada xarid qilmoqçi bölsangiz, u har doim ham «işlamaydi». Kunning ikkinçi yarmida, göştning sarasi sotib bölinganidan söng «işga tuşadi».
Yana bir katta kamçilik — bu göşt hammaga yetmaydi. Kunning birinçi yarmida tugab qoladi. Xaridor esa bozorga arzonroq, sifatli mahsulot oliş uçun tuşadi. Şunday paytda göşt rastalarini aylanganda ulardagi narxning bir-biridan keskin farqlanişini körgan mijoz sarosimaga tuşişi aniq.
Yoki yana bir tuşunarsiz holat: «Elga xizmat»ning narxi 370 söm bölgan tuxumini xarid qiliş uçun jazirama issiqda, uzundan-uzun navbatda turişga töğri keladi. Ayrimlarning esa bunga sabri çidamaydi. Natijada öşa 500 sömlik qimmat tuxumni afzal biladi. Ana şunday xaridorlardan biri bunday deydi:
— Bozor-öçarni şu yerdan qilaman. 60 tagaça tuxum berişadi. Bu yaxşi. Lekin uzzukun kutib turolmayman. Işga ketişim kerak. Keçga kelsam, tugab qolişi mumkin. Şuni öylab, e, şu 500 sömga olganim bölsin, deb yuboraman oxirida.
500 söm yozilgan, ammo rastadagi körinib turganlari 600 sömdan yuqori...
Haqiqatdan ham örinli e'tiroz. Ustiga-ustak, kuzatuvlar jarayonida bir narsa ayon böldi: ayrimlarga öşa 60 ta tuxum ham kamlik qilmoqda. Navbati yetganda birov birovning örniga uşbu mahsulotdan yana qöşimça olib bermoqda… Bundaylar olgan arzon tuxumni şundoqqina bozorning boşqa çetiga ötib, el qatori 500 sömdan pullaydi... Demak, xaridorlar uçun yaratilayotgan şunday qulayliklardan kimlardir foydalanişga urinmoqda, arzon narxda yetkazilayotgan mahsulotlar tezda «tugab qolib», bozorning boşqa joyida ançagina qimmatroqqa sotilmoqda. Bozor ma'muriyatidagilar esa afsuski bularni «körmayapti».
Qoğozda 25 ming, amalda esa…
Oziq-ovqat mahsulotlari orasida eng qimmat va hayotiy zarur mahsulot — göştga qaytamiz. Toşkentning maşhur «Qöyliq» dehqon bozori. Narx-navo boşqa bozorlarga nisbatan arzonroq. E'tibor bersak, har bir göşt rastasiga «Bir kilogramm göştning narxi 25 ming söm» degan yozuv yopiştirilgan. Ammo aslida hamma sotuvçida turliça: sörasak, 30 ming sömdan 40 ming sömgaça (sifati bir-biridan tubdan farq qiladi) sotilmoqda.
«Nega bölmasa, bu qoğozda 25 ming söm körsatib qöygansiz?», degan savolimizga: «Buni biz emas, bozor ma'muriyati ilib ketgan, ularning özidan sörang», deya javob berdi sotuvçilar.
Şu payt yonimizdan göşt kötarib ketayotgan ayoldan neça pulga xarid qilganini söradik. 34 ming sömga olganini aytgan ayol ozroq arzi hol qilib qoldi. U göşt sotuvçidan bir kilogramm olib, 25 ming söm sanab beribdi. Şunda haligi sotuvçi tutaqib ketibdi. «Özingiz narxini yozib qöyibsiz-ku», desa, «Avval söramaysizmi, buni men yozmaganman-ku», deb qolibdi. Kamiga yana: «Agar sizga 25 ming sömlik göşt kerak bölsa, boşqa joydan oling. Men sizga lahm göşt berdim. Bu pulga faqat suyak olasiz», deb jyerkibdi. Beçora ayol göştni olişga olib, qaytarib bergisi kelmabdi. Zörğa 34 ming sömga tuşirib olibdi.
«Narxi 25 ming söm bölmasa, odamlarni aldab, közböyamaçilik qilişning nima hojati bor?» — deya kuyunadi haligi ayol.
Albatta, bu vaziyatda iste'molçi haq. Negaki, butun bozorni aylanib, 25 ming sömlik göştni topişning iloji bölmadi. Hayron qoldik. Bozorlarga nima uçun bunday yozuvlar osilyapti? Xalqni aldaş uçunmi yoki qoğozdagi arzon göştni qidirib, sarson-sargardon bölib yurişi uçun? Göşt şu narxda sotilmas ekan, bu yozuvlardan nima naf?
Uşbu holat yuzasidan bozor ma'muriyatiga murojaat qildik. Lekin ular göşt faqat bir xil narxda, ya'ni 25-30 ming söm atrofida sotilayotganini iddao qilişdan nariga ötmadi… Albatta, muammoni örganiş jarayonida odamlar bu haqda nima deyişi, ularning dardiga quloq tutmaslikning iloji yöq. Şu bois ularning nuqtai nazari bilan qiziqdik:
— Hozir köpçilik, ayniqsa, göştning narxi keskin oşib ketganidan norozi bölyapti, — deydi poytaxtlik Fozil Mahkamov. — Lekin mutasaddilar qölidan kelgança xalqqa yaxşi bölişi uçun harakat qilmoqda. Hamma bozorda «Elga xizmat» şoxobçalari işlab turibdi. Şaxsan özim mahsulotlarni har doim ulardan sotib olaman. Ança arzon. Nazarimda, hadeb noliyvermasdan, şunday şoxobçalardan xarid qilsa, olam guliston. Şunçalik şaroit yaratib berilgani uçun şukr qilişimiz kerak, aslida. Ortiqça vahima kötarişning nima keragi bor?!
Marhamat, 25 000 sömdan oling, faqat muştdek suyak bilan...
Xaridor Karomat Dolliyevaning fikriça, aholi maqbul narxdagi mahsulotlarni sotib olişi uçun maxsus yarmarkalarda savdo qilinadigan oziq-ovqat miqdorini yanada köpaytiriş, sifatini oşiriş kerak. Çunki ulardagi mavjud mahsulot ehtiyojni qoplaş uçun yetarli emas. Bu esa, odamlarning haqli e'tiroziga, jiğibiyron bölişiga sabab bölmoqda. Mahsulot hajmi qança köpaysa, şunça yaxşi. Şunda odamlar rozi böladi.
— Biz göştni xorijdan import qilmagan bir paytda uning narxi qimmatligini sira tuşunmayman, — deydi Eşpölat Mardonov. — Içki bozorimiz yuz foiz ta'minlangan. Tadbirkorlarga qaytaga xorijga eksport qilişga ruxsat berilgan. Mahsulot özimizda yetarli ekan, qanday qilib qimmat bölişi mumkin? Işonçim komilki, bu muammolarni bemalol hal qilsa böladi. Bozorlardagi tayyoriga ayyor turgan olibsotarlar köpinça narxlarni sun'iy oşirib yubormoqda, nazarimda.
Xaridor haq gapni aytdi. Örganişimiz davomida biz ham bunga amin böldik.
Yem, xaşak va dallollar…
Qassoblardan göşt narxi yuzasidan izoh sörab murojaat qildik. Bir-ikkitasi ismini oşkor qilmaslik şarti bilan bu borada öz bilganlarini gapirdi.
Birinçi qassob:
— Köpçilik xaridor göştning narxi oşib ketişida bizni ayblaydi. Lekin masalaning şunday jihatlari borki, bundan ular bexabar. Özim uyda mol boqaman. Uning qançalik maşaqqatli ekanini yaxşi bilaman. Bitta molni semirtirib, söyiş uçun boqsangiz, unga ança xarajat qilasiz. Hozir yem-xaşak nihoyatda qimmat. Masalan, kepakning bir kilosi 1000, kombikorm 1200, şrot 1900, şeluxa 1500 söm turadi. Bularni qimmat bölsa ham, oliş mumkin. Lekin kunjara anqoning uruği. Bu mahsulotni faqat uddalagan, taniş-bilişlarni oldinga surganlargina topadi. Endi özingiz öylab köring: bitta molga bir oyda qança ozuqa, yem-xaşak ketadi? Hozir söyilayotgan mollarning bir kilogramm göşti özimizga kamida 28-30 ming söm atrofida tuşyapti. Unga bir-ikki ming qöşib sotmasak, bozorda ötirişimizning aslo hojati yöq.
Ikkinçi qassob:
— Bozorda yuzdan ortiq göşt sotuvçi bor desak, şundan nari borsa yigirmatasi davlatga boj tölaydi. Kunlik tuşumini kassaga beradi. Qolgani na davlatga soliq tölaydi, na kassaga pul topşiradi. Çunki ular mahalla fuqarolar yiğinidan göyoki «fermer» yoki «dehqon» degan hujjat töğrilab olgan. Tekşiruv kelib qolsa, şu qoğozni körsatib, «öz molimni söyib sotyapman», degan vaj bilan qutulib qoladi. Şuning uçun bunday sotuvçilarning muşugini birov «pişt» demaydi. Ular haqiqiy dehqon va fermerlar uçun ajratilgan rastalarda bemalol noqonuniy savdo qilişadi. Bunday nohaqliklarga barham beriş kerak.
Bildirilgan uşbu mulohazalar neçoğli haqiqatga yaqinligini biliş maqsadida bozordagi göşt rastalarini yana aylandik. Suriştiruv davomida aniqlaganimiz şu böldiki, haqiqatan ham dehqon va fermerlar uçun ajratilgan rastalardagi sotuvçilar «savdogar»lar ekan. Mahalladan allaqanday yöllar bilan haqiqiy dehqon va fermer, deb töğrilab olgan bir parça hujjati evaziga bozorda bemalol savdo qilişmoqda. Savol tuğiladi: nahotki bozor ma'muriyati bundan bexabar bölsa?
Aslida molini söyib göştga topşirgan odam haqiqiy narxni biçadi. Qassob esa unga uç-tört söm nonini qöyadi. Keyin bu göşt bozor rastalarida ötirgan «dehqon», «fermer» orqali sotiladi. Qarabsizki, göşt uçinçi qölga yetib kelib, yaxşigina qimmatlaydi. Agar vaziyat şu tarzda davom etaversa, qanday qilib narx-navoni tuşirib böladi? Xullas, savol köp, javobi esa…
Moy qayğusidagi qassoblar
Keling, qassob aytgan gaplarni tahlil qilsak. Bugun bir boş qoramolni olib, to uni qassobning dökoniga yetkazib bergunça qança xarajat ketadi?
Hozir bördoqiga yaraydigan eng arzon mol 2,5 million söm turadi. Uni kamida tört oyça boqiş kerak. Molni tez semirtirişni istasa, ayniqsa, sovuq kunlarda xöragini iloji boriça pişirib, qaynatib beriş kerak. Bu esa qöşimça gaz, ötin xarajati degani. Tört oy davomida bir boş qoramol 700-800 ming sömlik yem-xaşak yeydi. Umumiy xarajat 3,3-3,5 million sömga aylanadi. Bunday moldan 180 kilogramm atrofida göşt oliş mumkin. Qassob uni 26-28 ming sömdan söyib oladi. Şunda mol egasi yoki fermer molni taxminan 4,5 million söm atrofida pullaydi. Körinib turibdiki, 3-5 oyda qoladigan foyda 800 ming — 1 million söm atrofida.
Şunday ekan, fermer yoki qassobga bosim ötkazilavergani bilan masalaning yeçimi topilmaydi. Muammoni yeçiş uçun öşa mol yeydigan yem-oziqa narxlarini tuşirişga, yem-oziqalarni «birinçi qöl»da sotadigan şoxobçalarni köpaytirişga asosiy e'tibor qaratilsa, köproq adolatdan böladi, bizningça.
Xulosa örnida
Mustaqillikning dastlabki yillaridagi qiyinçiliklar hali-hanuz yodimizda. U paytda bozorlar hozirgidek tökin-soçin bölmagan. Hayotiy zarur oziq-ovqat mahsulotlari davlat dökonlarida talon orqali navbatma-navbat berilganini köpçilik yaxşi eslaydi. Hatto, non mahsuloti har bir oilaning soniga qarab taqsimlanardi. Ötiş davrining iqtisodiy islohotlari izçil yuritilgaç, öşa maşaqqatlar, hayotning oğir kunlari şukrki, ortda qoldi.
Bugun bozorlarimiz rastalaridan yoki boşqa istalgan savdo şoxobçasidan xohlagan mahsulotimizni bir zumda topişimiz mumkin. Mehnat qilgan odam oç qolmaydi.
Ayni paytda esa oziq-ovqat narxlarining oşişi — yuzaga kelgan vaziyatni örganar ekanmiz, bir xulosaga keldik: narx-navoning yuqorilaganiga inson omili, boşqaça aytganda, ba'zilarning nafsi hakalak otgani ham ta'sir ötkazayotgani rost. Ammo Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan inson manfaatlarini közlab olib borilayotgan işlar asnosida ana şu muammolar yeçimiga, bozorlarimizda, narx-navoda adolatning qaror topişiga köp vaqt qolmadi.
Yuqorida fikrlari keltirilgan yurtdoşlarimiz — qassoblar, tadbirkorlarning gaplari bari örinli. Vujudga kelgan muammolardan körinib turibdiki, ularni tizimli ravişda bartaraf etiş kerak. Eng muhimi, kötarilgan bu masalalarning mohiyatida sun'iy tösiqlar ham mujassam. Öz navbatida, ularni bartaraf etişda nafaqat davlatimizning, xalqimizning har bir fuqaroning ham iştiroki zarur.
Çöp suqsangiz, gullab ketadigan saxovatpeşa zaminda yaşaymiz. Dehqonu fermerlarimiz töyimli, vitaminlarga boy sarxil meva-çevalar, oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirişning hadisini olgan. Ularning möl-köl hosil yetiştirişi, iqtisodiy islohotlarimizning kuçayişi natijasida tez orada bozorlarimizda narx-navo joyiga tuşadi. Vaziyat yaxşi tomonga özgarib, narx barqarorlaşadi. Pirovardida xalqimizning dasturxoni arzon va sifatli oziq-ovqat bilan tölib boraveradi.