Jahon | 12:53 / 14.02.2018
8687
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyadagi karnavalning 4 kuni davomida 40 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS/David Mercado

Boliviyada 10 fevralda boshlangan yirik milliy karnavalning 4 kuni davomida 40 kishi halok bo‘ldi, 124 kishi jarohat oldi. Bunday ma'lumotlarni 13 fevralda mamlakat ichki ishlar vaziri Karlos Romero keltirib o‘tdi.

“Bizda 40 kishi halok bo‘ldi. Afsuski, nazoratga qaramay, karnavalda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ko‘p”, deb aytgan Romero.

Vazirning aytishicha, halok bo‘lganlarning 16 nafari yo‘l-transport hodisalarida, 8 nafari 10 fevralda Oruro shahrida gaz balloni portlashi oqibatida halok bo‘lganlar. Shuningdek, ushbu voqea oqibatida 51 kishi jarohat olgan.

2001 yilda YuNeSKOning nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Orurodagi karnaval Boliviyadagi eng mashhur va eng yorqin karnaval hisoblanadi. Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda karnavalga 412 ming kishi tashrif buyurgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid