O‘zbekiston | 13:00 / 14.02.2018
16535
1 daqiqa o‘qiladi

«G‘alaba-Amuzang» temir yo‘l tarmog‘i Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi davomida ochilishi mumkin

O‘zbekistonda Tojikistonning Xatlon viloyatiga olib boruvchi, G‘alaba-Amuzang peregoni (ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa) orqali o‘tuvchi temir yo‘l tarmog‘ini tiklash ishlari boshlandi. Ushbu yo‘nalishlarning Tojikiston bilan chegaradosh qismlari 2012 yil boshida olib tashlangan, deb yozmoqda AsiaTerra.

Hozirgi kunda ishlar kechayu kunduzlik rejimda olib borilmoqda, sababi, loyiha tashabbuskorlari rejasiga ko‘ra, bu yo‘l orqali tovar poyezdlarining o‘tishi mart oyining birinchi o‘n kunligida boshlanadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi ham aynan shu muddatga rejalashtirilgan.

Kelajakda Toshkent va Dushanbe o‘rtasida temir yo‘l yo‘lovchi reyslarini ochish ham mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tojikiston bilan temir yo‘lni qayta tiklashga kirishgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid