22:51 / 14.02.2018
44668

O‘g‘rilik vaqtida o‘g‘ri o‘z sherigini “nokautga” uchratdi (video)

Shanxay politsiyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida kuzatuv kamerasiga qayd qilingan muvaffaqiyatsiz o‘g‘rilik videosini joylashtirdi.

Videoda ikki o‘g‘ri binoning vitrinasini g‘isht bilan sindirib, uning ichiga kirmoqchi bo‘layotganini ko‘rish mumkin. O‘g‘rilardan biri vitrinaga g‘isht uloqtirgach chetga o‘tayotganda sherigi otgan g‘isht boshiga tegadi va uni hushidan ketkazadi. Natijada sherigini "nokaut"ga uchratgan o‘g‘ri “muvaffaqiyatli ov” o‘rniga behush sherigini qo‘llaridan tortqilagancha qochishiga to‘g‘ri keladi. 

“Agar barcha o‘g‘rilar shunday bo‘lganlarida, biz belgilangandan ko‘proq ishlamasdik”, deb izoh berganlar politsiyachilar ushbu voqeaga.

Jinoyatchilar ushlangani-yo‘qligi haqida ma'lumot berilmagan.

 

Top