Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Keng jamoatçilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qoliş va yaşil hududlarni asraş maqsadida:
a) 2025 yil 1 iyuldan boşlab köp qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yaşil qoplamali umumiy foydalanişdagi hududlarni özboşimçalik bilan betonlaştirganlik, qurilma va konstruksiyalarni örnatganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytiriladi;
b) 2025 yil 1 avgustdan boşlab pişgan ğişt işlab çiqarişdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanişga ötiş maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvçi quriliş taşkilotlariga “Şaffof quriliş” platformasida ustuvorlik beriladi;
v) 2026 yil 1 yanvardan boşlab pişgan va xom ğişt işlab çiqarişda yer va yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 10 baravarga oşirilgan holda qöllanadi;
g) 2027 yil 1 yanvardan boşlab yer resurslarini muhofaza qiliş va tuproqning unumdor qatlami yöqolib ketişining oldini oliş maqsadida qişloq xöjaligiga, tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş va rekreatsiya maqsadlariga möljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, örmon va suv fondi yerlarida tuproq karerlari faoliyati taqiqlanadi;
d) köp qavatli turar joylarni loyihalaş, quriş va foydalanişga qabul qilişda:
- yerusti va yerosti avtomobil turargohlari nazarda tutilişi;
- oqova, yomğir va texnik suvlardan suğorişda foydalaniş tizimlarini taşkil etiş majburiy etib belgilanadi.

















