Andijon viloyati moliya bosh boshqarmasi partiyalarga murojaatnoma yubordi
O‘zbekiston Respublikasi Byudjyet Kodeksining 99–moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qarori ijrosi borasida Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2017 yil 31 dekabrdagi 106/26-5-sonli hamda Andijon viloyati hokimining 2017 yil 31 dekabrdagi 866-q-sonli qarorlari qabul qilingan.
Qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shaharlar va tumanlar hokimliklari hamda moliya idoralariga, shuningdek, byudjyetdan mablag‘ oluvchilarga 2018 yil uchun byudjyet nazorati raqamlari yetkazildi.
O‘z navbatida, shaharlar va tumanlar hokimligi vakillik organlari tomonidan 2018 yil uchun byudjyet parametrlari belgilangan muddatlarda qabul qilinib, tegishli qarorlar bilan tasdiqlandi.
Bugungi kunda, hukumat tomonidan deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjyet xarajatlarini rejalashtirishda adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilish talablari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Byudjyet xarajatlarini xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta'minlash maqsadida, o‘tgan 2017 yil yakunida viloyat moliya bosh boshqarmasi tomonidan barcha ijtimoiy soha muassasalarini va iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarini holatlari va moddiy-texnika bazasi o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bilan, iqtisodiyot hamda ijtimoiy soxa muassasalarida bugungi kunda mavjud muammolar jamlandi.
Bu aniqlangan kamchiliklarni hududiy manzilli Dasturlarni shakllantirish orqali bosqichma-bosqich bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lib, tegishli hokimliklarga bu masalada so‘rov xatlari yuborildi.
Hududiy Dasturlarni shakllantirishda shaffoflilik, ochiqlik va oshkoralik prinsiplarini joriy qilish, shuningdek, Xalq deputatlari shahar(tuman) kengashlari a'zolariga kelib tushayotgan so‘rovlar hamda ular tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlardan foydalanish, byudjyetning xalqning xohish istagi asosida shakllanishiga va ularning kayfiyatini ko‘tarishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi albatta.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyat moliya bosh boshqarmasi mahalliy byudjyetlarni shakllanishi va uning ijrosi borasida deputatlik va jamoat nazoratini jalb qilishda tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatish masalasida Partiyalarga o‘z murojaatnomasini yubordi.
Mavzuga oid
10:40
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
11:09 / 08.11.2024