Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaga NATO amaliyotlarida ishtirok etish uchun tanklar yetishmayapti
Foto: Global Look Press
Germaniya bundesveri NATOning maxsus tezkor javob qaytarish kuchlar guruhini shakllantirish bo‘yicha loyihasi doirasida vazifalarni bajarish uchun tanklar taqchilligi bilan to‘qnash keldi. Bu haqda Die Welt GFR Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatiga asosan yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, NATO sa'y-harakatlariga jalb etiladigan, Myunsterdagi 9-tank brigadasi ayni damda faqat to‘qqizta shay holdagi Leopard-2 tanki va uchta Marder piyodalar jangovar mashinasiga ega. Aslida esa shunday tank va piyodalar mashinasidan mos ravishda 44 ta hamda 14 ta kerak.
Gazetaning ko‘rsatishicha, bunday vaziyatga ehtiyot qismlarining yetishmasligi va texnik xizmat ko‘rsatishga yuqori xarajatlar sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, bundesverga tunda ko‘rish uskunalari, granatomyot (granata otadigan qurol), yordamchi transport vositalari, qishki harbiy formalar va zirhli jilet yetishmayapti.
Germaniya harbiy-havo kuchlari NATO oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmaydi, deyiladi maqolada. Xususan, Eurofighter va Tornado qiruvchilari, shuningdek, CH-53 transport vertolyotlarining jangovar tayyorgarligi ancha tushib ketgan.
Mavzuga oid
16:21 / 19.02.2026
Mers Germaniyada yadroviy qurol paydo bo‘lishini istisno etdi
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
14:28 / 18.02.2026
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
12:53 / 17.02.2026