O‘zbekiston | 18:05 / 15.02.2018
8132
11 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston elchixonasida "To‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitlarida rivojlanishning yangi imkoniyatlari" dasturining taqdimoti o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari so‘nggi vaqtda sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalish etib belgilangan. Mintaqadagi davlatlarning o‘zaro munosabatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar kelgusida butun Markaziy Osiyo mintaqasi imidjida aks etadi. 14 fevral kuni Toshkent shahridagi  Qozog‘iston elchixonasida yangi elchixona binosining ramziy ochilish marosimi, shuningdek Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning "To‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitlarida rivojlanishning yangi imkoniyatlari" bo‘yicha o‘z yurtdoshlariga qilgan murojaati yuzasidan taqdimot, shuningdek "2018 yil - O‘zbekiston yili" deb e'lon qilinishiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Unda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utemboyev prezident Nursulton Nazarboyevning ushbu murojaatining mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot qildi. Unga ko‘ra, "To‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitlarida rivojlanishning yangi imkoniyatlari" 10 punktdan tashkil topgan. Bular:

Industriallashuv yangi texnologiyalarni tatbiq etish flagmani bo‘lishi kerak

Bunda industriallashuv bir vaqtning o‘zida yangi 4.0 texnologik tarzining barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda innovatsion bo‘lishi nazarda tutiladi. Korxonalarni modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga yo‘naltirilgan yangi ish qurollarini ishlab chiqish va aprobatsiyadan o‘tkazishga doir loyihalar amalga oshirilishi lozim. "Alatau" innovatsion texnologiyalar parki faoliyatini tashkil qilish qayta ko‘rib chiqiladi. AT-texnologiyalar va injiniring xizmatlari rivojlantiriladi. Ta'lim, kommunikatsiya tizimi va standartlashtirish sohasini yangi industrializatsiya ehtiyojlariga moslashtirish zarur.

Zaxira salohiyatini yanada rivojlantirish

Kompleks axborot-texnologik platformalarni faol tatbiq qilish kerak. Korxonalarda energiya samaradorligi va energiya tejamkorligini ta'minlash hamda energiya ishlab chiqaruvchi uskunalarning ekologikligi va samaradorligiga bo‘lgan talablarni oshirish muhim. 2030 yilga borib Qozog‘istondagi muqobil energiya ulushini 30 foizga chiqarish rejalashtirilgan. Biznesni rag‘batlantirish, "yashil texnologiyalar"ga sarmoya kiritish kerak. Qonunchilik, jumladan Ekologiya kodeksini qayta ko‘rib chiqish lozim.

"Aqlli texnologiyalar" - agrosanoat kompleksini rivojlantirishda ilgarilashga imkoniyat

Agrar siyosat ishlab chiqarish mehnatini tubdan oshirish va qayta ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti eksportini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Xom ashyoni qayta ishlab chiqarishni ta'minlash va dunyo bozorlariga yuqori sifatli mahsulot bilan chiqish zarur. Shuningdek agrar sohadagi bilimlarni takomillashtirish ko‘zda tutiladi. Yangi texnologiyalarni transfert qilish va ularni mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirish bilan shug‘ullanish talab etiladi. Agrar universitetlar faoliyati va rolini qayta ko‘rib chiqish kerak. Qishloq xo‘jalik kooperativlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim. "Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan" tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari brendini yaratish va ilgari surish yo‘lida harakat qilish lozim. Samarasiz subsidiyalarni agrosanoat kompleks sub'yektlari uchun bank kreditlarini arzonlashtirishga qayta yo‘naltirish kerak. Agrosanoat kompleksi sohasida ishlab chiqarish mehnatini 5 yilda va qayta ishlov berilgan mahsulotlar eksportini kamida 2,5 martaga oshirish buyurilgan.

Transport-logistik infratuzilma samaradorligini oshirish

2020 yilga borib tranzitdan tushadigan yillik daromadni 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Yuklarning harakatlanishini onlayn rejimda kuzatish va to‘siqlarsiz tranzitni ta'minlaydigan blokcheyn raqamli texnologiyasini keng ko‘lamda tatbiq qilish hamda bojxona operatsiyalarini soddalashtirish. Intellektual transport tizimini tatbiq qilish ko‘zda tutilmoqda. Mahalliy avtoyo‘llar tarmog‘ini ta'mirlash va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishning oldini olish muhim. Yillik byudjyet mablag‘larning umumiy hajmi o‘rta muddatli istiqbolda 150 milliard tengegacha boradi.

Qurilish va kommunal sektor sohasiga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish

2030 yilga qadar bir kishining turar joy ta'minotini 21,6 kvadrat metrdan 30 kvadrat metrgacha yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Qurilishning yangi usullari, zamonaviy materiallar, binolarni loyihalashtirish va shahar qurilishini rejalashtirishda yangicha yondashuvlarni qo‘llash kerak. Infratuzilma uylari va obektlarni intellektual boshqarish tizimlari bilan jihozlash zarur. Qonunchilik, jumladan tabiiy monopoliya sohasini tartibga solish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritish muhim. Qishloq aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasini hal qilish uchun hukumat ushbu ishga har yili barcha manbalardan 100 milliard tengedan kam bo‘lmagan mablag‘ ajratishi kerak bo‘ladi.

Moliyaviy sektorni "qayta yuklash"

Bank portfelini "yomon" kreditlardan tozalash ishlarini yakunlash kerak. Markaziy bank moliyaviy institutlar ustidan o‘z vaqtida qattiq nazoratga olishi kerak. Davlat bundan keyin ham oddiy fuqarolar manfaatini himoya qilishga kafolat beradi. Jismoniy shaxslarning bankrot bo‘lishiga oid qonun qabul qilinishini tezlashtirish kerak. Investitsion muhitni yanada yaxshilash va fond bozorini rivojlantirish juda muhim. Bu "Ostona" moliyaviy markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Eng yaxshi xalqaro tajribani qo‘llash - u ingilz huquqi va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qo‘llovchi mintaqaviy xabga aylanishi kerak.

Inson kapitali - modernizatsiya asosi

Ta'lim sohasida yangi sifat bosqichiga chiqish kerak. Barcha yoshdagi fuqarolarni qamrab oluvchi shaxsiy ilg‘or tizimni yaratishni tezlashtirish kerak. 2019 yil 1 sentabrga qadar maktabgacha ta'lim tizimiga bolalarni rivojlantirish uchun ijtimoiy va mustqil ta'lim ko‘nikmalarini shakllantiruvchi yagona standartni tatbiq qilish lozim. 2025 yilgacha lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha ta'limning barcha bosqichlari uchun aniq grafikni belgilab berish zarur. 2019 yildan ayrim tabiiy-ilmiy fanlar 10-11 sinflarda ingliz tilida o‘qitiladi.

Oliy ta'limda axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt hamda "katta ma'lumotlar" (Big data) bilan ishlashga o‘rgangan bitiruvchilar sonini oshirish kerak. Bunda OTMlardagi ta'limni metallurgiya, neft-gaz va kimyo, agrosanoat kompleksi, bio va AT-texnologiyalar yo‘nalishida rivojlantirib borish zarur. Yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy grantlar asosida kvotalar ajratish tizimli siyosatini yuritish kerak.

Sog‘liqni saqlash va sog‘lom millat. Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi kasalliklarni qimmatbaho statsionar sharoitlarida davolash emas, ularning profilaktikasiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan holda soha boshqaruvini ta'minlash zarur. Yoshlar reproduktiv salomatligini saqlash mustahkamlash kerak. Dispanserizatsiyadan asosiy surunkali kasalliklarni masofadan tashxislash va ambulator davolashga o‘tkazish lozim. Onkologik kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks reja qabul qilish, ilmiy onkomarkaz yaratish darkor. Sog‘liqni saqlash tizimi sekin-asta majburiy ijtimoiy tibbiy sug‘urtalash tizimiga o‘tib boriladi. Bepul tibbiy yordam kafolatlangan hajmining yangi modelini ishlab chiqish kerak. Axborot tizimlarini integratsiya qilish, mobil raqamli ilovalardan foydalanish, sog‘liqni saqlash bo‘yicha elektron pasportlarni joriy qilish zarur. Genetik tahlil texnologiyalari, sun'iy intellektni sohaga kiritish lozim. "Xalq salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi" Kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish kerak.

Sifatli bandlik va ijtimoiy ta'minotning adolatli tizimi. Kasbiy standartlardan kelib chiqib, yangi ta'lim dasturlarini ishlab chiqish yoki amaldagisini yangilash kerak. Barcha asosiy kasblar bo‘yicha zamonaviy standartlarni ishlab chiqish zarur. Qozog‘istonliklarga imkon qadar yangi ishni tezroq topish uchun imkon yaratish lozim. Yagona elektron birjani tatbiq etish taqozo etilmoqda. Uydan chiqmay turib kasbga yo‘naltirilgan testlardan o‘tish, o‘quv kurslari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida bilish va qiziq ish topish imkoni yaratilishi kerak. Mehnat daftarchalarini elektron formatga o‘tkazish lozim.

Ijtimoiy siyosat. Pensiya tizimi endi to‘liq mehnat stajiga bog‘liq bo‘ladi, ya'ni kim ko‘p ishlagan bo‘lsa, ko‘proq pensiya oladi. Aholining kam ta'minlangan qatlamiga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga o‘tildi.  Ishga yaroqsiz fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Samarali davlat boshqaruvi

Biznesga "yagona darcha" tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat yordamini berish jarayonlar raqamlashtirilishini ta'minlash kerak. Tabiiy monopoliya sub'yektlari xizmatlari sifatini oshirishga doir ishlarni davom ettirish kerak. Ularga va energiya ishlab chiqaruvchilarga investitsiya dasturlariga asoslangan tariflarni belgilash muhim. Hukumat biznesni qo‘llab-quvvatlash va uni yuritishga doir tizimli choralarning yangi paketini tayyorlashi kerak. Shuningdek hukumat viza jarayonlarini soddalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va turizm sohasidagi to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini qabul qilishi kerak. Yangi texnologiyalar tatbiq qilinib, davlat va kompaniyalar axborot tizimlari va uskunalarining ishonchli himoyasini ta'minlashi zarur.

Korrupsiyaga qarshi kurash va qonun ustuvorligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda korrupsiya natijasida 2,5 mingdan ziyod kishi hukm qilingan, ular orasida yuqori mansabdor shaxslar va davlat kompaniyalari rahbari ham bor. Shu vaqt ichida ular tomonidan davlatga yetkazilgan 17 milliard tenge miqdoridagi ziyon qoplangan. Davlat idoralari faoliyatini raqamlashtirish, jumladan ularning aholi va biznes bilan hamkorligini kuchaytirish zarur. Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash sohasida videokuzatuv, shuningdek ko‘chalarda, jamoat joylarida tanib qolish hamda yo‘l harakati nazorati intellektual tizimlarini faol tatbiq qilish kerak.

"Aqlli millat" uchun "Aqlli shaharlar"

2018 yilda Ostona shahrining 20 yillik yubileyi nishonlanadi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida tezkor o‘sayotgan megapolis muammolarini samarali hal qilish zarur. Smart city konsepsiyasi va shaharga ko‘chib borayotgan insonlar kompetensiyasini rivojlantirish asosida shahar muhitini boshqarishni kompleks tatbiq qilish kerak. Dunyoda shaharlar investorlar o‘rniga raqobatga kirishadi, degan xulosa bor. Shuning uchun Ostona tajribasi asosida Smart city etalon standartini shakllantirish va eng yaxshi tajribani Qozog‘iston shaharlari orasida tarqatish kerak. "Aqlli shaharlar" hududiy rivojlanish, innovatsiyani tatbiq qilish va mamlakatning butun hududi bo‘ylab hayot sifatini oshirish lokomotivlariga aylanadi.

Mavzuga oid