Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Tojikiston elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqadi
12-13 fevral kunlari Dushanbe shahrida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Qozog‘iston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Bulat Akchulakov hamda Tojikiston investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Farruh Hamralizod ishtirok etdi.
Ekspert va yalpi sessiyalarda tomonlar o‘zaro savdo-sotiqning hozirgi holati hamda hajmini, shuningdek, energetika, sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, migratsiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Xususan, Tojikiston va Qozog‘iston hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish hamda o‘zaro biznes missiyalarini tashkil etishga yordam berishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, Tojikiston energetika tizimining Markaziy Osiyodagi yagona elektr energiya tizimi bilan parallel ishlashi qayta tiklanganidan keyin elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar va Qozog‘iston hamda Tojikiston o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini aks ettiruvchi bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
17:58 / 17.03.2026