Angrendagi harbiy qism dala-o‘quv maydonida yoshlar uchun ko‘rgazmali taktik-o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Toshkent viloyatining Angren shahridagi harbiy qism dala-o‘quv maydonida yoshlar uchun ko‘rgazmali taktik-o‘quv mashg‘ulotlar va ekskursiya tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Angren shahri hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, o‘quvchi yoshlar hamda o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbir ishtirokchilariga nishonlarga o‘q otish, hududni o‘rganish, qulay pozitsiya tanlash, amaliy tarzda qo‘yilgan jangovar vazifani bajarish kabi mashqlar namoyish etildi. Shundan so‘ng olovqalb azamatlarga jangovar qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar imkoniyatidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan unumli foydalanish yuzasidan zarur tushunchalar berildi. Ular har bir mashg‘ulotni qunt bilan kuzatib, ba'zi mashqlarda o‘zlari ham qatnashishdi.
– Harbiy xizmatchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida ilk bor ishtirok etdim, – deydi tadbir ishtirokchisi G‘ayrat Omonov. – Taassurotlarim bir olam, ularni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Qishning shunday sovuq va izg‘irinli kunida harbiy akalarimizning dala maydonida o‘tkazilayotgan mashqlardagi shijoati, mahorati va mardligi yurtimiz osoyishtaligi qalqonlariga bo‘lgan ishonchimni, eng asosiysi havasimni yanada orttirdi. Bularning barchasi menda unutilmas taassurot qoldirdi.
Tadbirda davomida yoshlar harbiylar bilan dildan suhbat qurdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mavzuga oid
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
22:40 / 07.10.2024
Angrenda ko‘mir koni kengaytirilishi sabab uylari ko‘chgan yoki buzilgan aholiga 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi
17:54 / 31.08.2024