Fuqarolar yig‘ini yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.
Mamlakatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga to‘sqinlik qiluvchi, qadriyatlarga zid bo‘lgan oilalarning nikohdan ajralish holatlarining oldini olishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 5-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shildi:
“sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajrashishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha xabar olingandan so‘ng yarashish uchun belgilangan muddat tugashidan o‘n kun avval ularni yarashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ravishda sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organini xabardor qilish”;
beshinchi - o‘n birinchi xatboshilar tegishli - ravishda oltinchi - o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san'at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.
Mavzuga oid
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
22:26 / 24.08.2024
Respublika komissiyasi taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 10 fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi
09:28 / 22.04.2024