Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onasidan qochishga uringan ikki yashar bola metro relslariga tushib ketdi (video)
Italiyaning Milan shahridagi metro bekatlaridan birida havotirli voqea yuz berdi. Onasidan qochishga uringan Muhammad ismli ikki yashar bola metro relslariga tushib ketdi. Bu hodisa videokuzatuv kameralariga muhirlangan. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Voqeaga guvoh bo‘lib turgan 18 yoshli talaba vagonlar yo‘lagiga tushib, bolani qutqargan. Shu bilan birga uning o‘yinchog‘ini ham relslar orasidan olgan va shundan so‘ngina platformaga chiqib olgan.
Muhammadni shifoxonaga olib borishgan, ma'lumotlarga ko‘ra, bolada hech qanday jarohat izlari aniqlanmagan.
Mavzuga oid
17:09 / 16.07.2026
“Turon” metro bekati tomining bir qismi qulab, ikki kishi jarohatlandi
09:16 / 15.07.2026
Metroning yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi pasaytirildi
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026