O‘zbekiston | 17:09
3490
1 daqiqa o‘qiladi

“Turon” metro bekati tomining bir qismi qulab, ikki kishi jarohatlandi

Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘nalishidagi “Turon” bekatida shiftning bir qavati siljib, bekat maydoniga quladi. Metropoliten ma’muriyati xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Internetda tarqalgan videolardan kadrlar

Voqea 16 iyul kuni soat 14:34 da ro‘y bergan. Shundan keyin “Turon” bekatida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozirda mutaxassislar tomonidan holat yuzasidan texnik o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Qipchoq” va “Quruvchilar” metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan.

“Toshkent metropoliteni” DUK yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor yo‘nalishi ekanini ma’lum qiladi”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid