Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosi uchun Toshkentda 1 gektar yer ajratiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston hukumati Tojikistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini qurish uchun 1 gektar yer ajratadi. Bu haqda Aziya Plyus xabar bermoqda.
«Bu yer Toshkent markazidan ajratiladi, elchixona binosi, Tojikiston diplomatlari uchun uy-joy, diplomatik vakolatxona uchun kerakli bo‘lgan boshqa obektlar qurilishi va obodonlashtirish ishlari Tojikiston byudjyeti hisobidan moliyalashtiriladi», - deyiladi agentlik xabarida.
Ta'kidlanishicha, yaqin vaqt ichida Dushanbeda ham O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasini qurish uchun yer ajratiladi.
Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida Toshkent va Dushanbe o‘rtasida Tojikistonda zamonaviy umumta'lim maktabi va ko‘p tarmoqli shifoxona qurish to‘g‘risidagi bitim imzolanadi.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi mart oyi boshiga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026