Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 17 kishi otib tashlangan maktabni buzib tashlashga qaror qilindi
Foto: Skrinshot
17 kishi otib tashlangan Florida shtatining Parklend shahridagi maktab binosini buzib tashlashga qaror qilindi.
Ushbu qaror maktab rahbariyati yig‘ilishida qabul qilingan. Avvalroq Brouard okrugi maktablar kengashi boshlig‘i Robert Rensi o‘quvchilar fojia yuz bergan binoda o‘qimasliklari kerakligini aytgan.
14 fevralda “Mardjori Stounman Duglas” maktabida 19 yoshli Nikolas Kruz tomondan sodir etilgan otishmada 17 kishi halok bo‘lgandi, 15 kishi jarohat olgandi. Qotil maktabning sobiq o‘quvchisi bo‘lib, intizomni buzgani uchun maktabdan chetlatilgan bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, maktab rahbariyati binoning buzilishi ehtimolini shtatning qonunchilik yig‘ini a'zolari bilan muhokama qilgan. Mahalliy parlament senatori Bill Galvano maktabning buzilishi va yangisining qurilishini 30 mln dollarga baholagan.
Mavzuga oid
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
23:01 / 12.06.2025
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
20:59 / 28.05.2025