Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Valensiya» irodali g‘alabaga erishdi. Ispaniyada tur o‘yinlari va turnir jadvalidagi holat
«Valensiya» Ispaniya chempionatining 24-turida «Malaga» bilan o‘ynadi. Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 2:1 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 27-daqiqasida Braun Ideyye mezbonlarni oldinga olib chiqqandi, 80-daqiqada Fransis Koklen hisobni tenglashtirdi. «Ko‘rshapalaklar» jamoasi o‘yin oxirida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi va Daniel Parexo bu imkoniyatdan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
«Valensiya» endilikda ochkolari sonini 46taga yetkazgan va Primera turnir jadvalida uchinchi o‘ringa joylashgan. «Malaga» 13 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda qolmoqda.
«Alaves» bu turda «Deportivo» ustidan g‘alaba qildi. Vitoriyadagi «Mendisorrosa» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qildi.
O‘yindagi yagona gol 61-daqiqada Munir El-Haddodiy tomonidan urildi.
«Alaves» endilikda 28 ochko bian turnir jadvalida 14-o‘ringa joylashgan. «Deportivo» 17 ochko bilan xavfli hududda qolmoqda. Ushbu jamoa 9 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozonmagan.
Ispaniya chempionati
24-tur
Malaga – Valensiya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 27 Ideyye, 1:1 – 80 Koklen, 1:2 – 85, penalti Parexo.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Diyego Gonsales, Lestenn (Keko, 68), Resio (Lasen, 73), Iturra, Chori Kastro (Rolan, 83), Ideyye, En-Nesiri.
Valensiya – Neto, Ruben Vezu, Gabriel, Murilo, Gayya, Soler (Ferran Torres, 80), Parexo, Koklen, Gonsalu Gedesh, Vetto (Rodrigo, 60), Santi Mina (Dzadza, 61).
Ogohlantirishlar: Murilo (33), Iturra (62), Koklen (70), Chori Kastro (75), Parexo (75), Soler (77).
Chetlatish: Mikel (84).
Alaves – Deportivo 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 61 Munir.
Alaves – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Eli, Duarte, Ibai Gomes (Peres, 82), Pina, Manu Garsiya, Pedrasa, Gvidetti (Sobrino, 72), Munir (Medran, 87).
Deportivo – Martines, Xuanfran, Albentosa, Boveda (Borxes, 81), Luizinyu, Kron-Deli (Moskera, 64), Gilerme, Peres, Adrian, Bakkali (Kartabiya, 74), Andone.
Ogohlantirishlar: Kron-Deli (37), Bakkali (68), Luizinyu (81), Munir (87), Sobrino (90).
Tur o‘yinlari

Turnir jadvali

Mavzuga oid
20:10 / 02.02.2025
Valensiyada hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi o‘tkazildi
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
22:11 / 02.11.2024
Ispaniyada suv toshqinlari: yana 10 ming kishi tabiiy ofat yuz bergan hududga yuboriladi
17:54 / 31.10.2024