Kosonsoy tumanida 5 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan qat'iy chora ko‘rildi
Namangan viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida viloyatning Kosonsoy tumanida o‘z vazifasiga yuzaki yondashib, bugunning talabi va aholi ehtiyojlarini his qilmay ishlayotgan tibbiyot xodimlari ham borligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Shu munosabat bilan, Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Xoldorov va boshliq o‘rinbosari R.Abdullayev, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri M.Karimovalar davlatimiz rahbari va hukumatning, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining me'yoriy hujjatlari ijrosini yetarli darajada amalga oshirmagani, jumladan, aholining tibbiy xizmatga muhtoj qatlamini qamrab olish ishlarini talab darajasida tashkil etmaganligi bois o‘z egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun mas'uliyatni oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada amalga oshirmagani, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun mas'uliyatni oshirishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etmagani va patronaj tadbirlariga talab darajasida e'tibor qaratmagani uchun Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasining mas'ul xodimi M.Toshmatov va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mas'ul xodimi A.Abdullayevlar vazifasidan ozod etildi.
Namangan viloyatdagi davolash muassasasi rahbarlariga ishni aholi ehtiyoji va talabidan kelib chiqib tashkil etish, bunda har bir xonadon va uning a'zosi e'tiborda bo‘lishi lozimligi, xalq bilan doimiy muloqot qilib, uning roziligi va aholi manfaatlari yo‘lida shaxsiy javobgarlikni his qilib ishlash, birlamchi tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojni sifatli va samarali qondirish kabi muhim vazifalar tushuntirildi.
Mavzuga oid
08:48 / 01.07.2024
Xitoy kompaniyasi Kosonsoyda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
10:03 / 07.02.2023
Namangandagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 kishi jarohat oldi
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022