Jamiyat | 08:28 / 20.02.2018
5538
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan haftada aniqlangan 1439 ta huquqbuzarlik holatlariga nisbatan qanday choralar ko‘rildi?

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan "ishonch telefon"lari hamda elektron xizmatlar orqali fuqarolar, barcha toifadagi soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik sub'yektlaridan bo‘layotgan murojaatlar, xat va arizalar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda. 

Xususan, o‘tgan hafta davomida "ishonch telefon"lari orqali 138 ta, shundan 7 ta yuridik va 131 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Fuqarolar va jamoatchilikning murojaatlari yuzasidan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1439 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 237 nafar tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1202 nafar shaxsga nisbatan 326,2 million so‘m ma'muriy jarima qo‘llanildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid