Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zmilliybank Germaniyaning AKA banki bilan 100 mln yevrolik shartnoma imzoladi
2018 yil 19 fevral kuni Frankfurt Maynda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Germaniyaning «AKA Bank» (AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH) o‘rtasida O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun 100 million yevrolik kredit shartnomasi imzolandi.
Kredit shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 30.11.2017 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3414-sonli qarori ijrosi doirasida imzolandi.
«AKA Bank» bilan imzolangan ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.N.Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining 2017 yilning 14-17 noyabr kunlari Germaniyaga qilingan safari doirasida amalga oshirilgan kelushuvlarning amaliy ifodasidir.
Shartnoma, xususan, GFR va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan tovarlar hamda xizmatlar importini o‘z ichiga olgan investitsiya loyihalarini, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun bankka kredit liniyasi ajratilishini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025