Jahon | 07:23 / 21.02.2018
5440
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh vitse-prezidenti Shimoliy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashishi kerak bo‘lgan – OAV

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Janubiy Koreyaga tashrifi vaqtida Shimoliy Koreya vakillari bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazishi kerak bo‘lgan, biroq bu uchrashuv oxirgi lahzada Shimol delegatsiyasi tomonidan bekor qilingan. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.

Pens 10 fevralda Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon va mamlakatning rasmiy rahbari Kim Yon Nam bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv boshlanishiga ikki soatdan kamroq vaqt qolganda u bekor qilingan. Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreya vakillari bu qarorni Pens Shimoliy Koreyaga qarshi “eng qat'iy va tajovuzkor” sanksiyalar joriy qilinishi haqida bayonot bergandan keyin qabul qilishgan.

Nashrning Oq uydagi manbaga iqtibos keltirgan holda yozishicha, MRB Shimoliy Koreya vakillari Pens bilan uchrashish istagini bildirganlarini ma'lum qilganidan keyin 2 hafta davomida uchrashuvga tayyorgarlik olib borilgan. Yana bir manbaning ta'kidlashicha, uchrashuv o‘tkazish tashabbusini Janubiy Koreya bildirgan.  

Ma'lum qilinishicha, Pens Shimoliy Koreyaning taklifiga Osiyoga 5 fevralda jo‘nab ketishi oldidan rozilik bergan. Uchrashuv Janubiy Koreya prezidentining rasmiy qarorgohi – Moviy saroyda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan.  

Mavzuga oid