Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shvetsiyaga 3,2 mlrd dollarlik Patriot tizimlarini yetkazib beradi
AQSh ma'muriyati Shvetsiyaga "3+" konfiguratsiyasidagi Patriot PAC-3 raketalarga qarshi mudofaa va havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotish haqida qaror qabul qildi. Ularning umumiy qiymati qariyb 3,2 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining DSCA mudofaa hamkorligi va xavfsizligi bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi. U xorijga hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish, AQSh Qurolli kuchlari va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni ilgari surish, Vashingtonning mudofaa sohasidagi xorijiy sheriklariga moliyaviy hamda texnik ko‘mak ko‘rsatishga javobgar hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyaga, xususan, 200 ta zenitli boshqariluvchi raketa, shuningdek, Patriot PAC-3+ tizimlariga raketalarga qarshi uskunalarni yetkazib berish mo‘ljallanmoqda.
Vashington hamda Stokholm o‘rtasida ushbu shartnomani bajarishga ruxsat AQSh Davlat departamenti tomonidan taqdim etilgan. Amerika ma'muriyati bu haqda AQSh Kongressini ham xabardor etdi. Endi AQSh ma'muriyatining qonunchilik tarmog‘ida bu harbiy shartnomani o‘rganib chiqish va uni ehtimoliy bloklash uchun 30 kunlik muddat bor.
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026