Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATOning Anqaradagi sammiti doirasida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşdi.

Kiyevdagilar Tramp va Zelenskiyning uçraşuvini ijobiy tavsiflagan. Prezident ofisi rahbari örinbosari Sergey Kislitsa «bu agar eng yaxşisi bölmasa, eng yaxşi uçraşuvlardan biri» bölganini aytgan. Tramp uçraşuvdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qilişga va’da bergandi, biroq bunday qilmadi.

Uçraşuvning asosiy natijasi Trampning Ukrainaga Patriot tizimlari uçun raketalar işlab çiqarişga litsenziya berilişi haqidagi bayonoti böldi. Bu Ukrainadagi havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun öta muhim raketalar bölib, Kiyevdagilar doimiy ravişda ularning yetişmovçiligidan şikoyat qilib keladi.

Eronda uruş boşlangaç, bu boradagi vaziyat yanada yomonlaşgan – AQŞ va uning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilari bir neça hafta içida Patriot tizimining yuzlab raketalarini sarflab yuborgan, natijada amerikaliklarning öz zaxiralari böşab qolgan va Ukrainaga bunday raketalarni yetkazib beriş imkoniyati qisqargandi.

The Wall Street Journal naşri qayd etişiça, Lockheed Martin kompaniyasi ötgan yili Patriot tizimi uçun jami 600 ta raketa işlab çiqargandi. Bu vaqtda, Ukraina razvedkasi baholaşiça, Rossiya hozirda «Iskander» ballistik raketalaridan oyiga 60-65 tasini işlab çiqarmoqda.

Trampning Ukrainaga öz raketalarini işlab çiqariş uçun litsenziya beriş haqidagi bayonoti köpçilik uçun kutilmagan holat böldi, deb yozadi The New York Times. AQŞ prezidentining özi Oq uy hozirça Amerikaning Patriot raketalarini işlab çiqaruvçi birorta kompaniyasini bu haqda xabardor qilmaganini tan olgan. Lisenziyalar beriş uçun mas’ul bölgan Davlat departamenti mulozimlari ham Tramp bunday va’da bermoqçi bölganidan oldindan xabardor bölgani aniq emas.

Nima bölganda ham, NYT qayd etganidek, ruxsatnoma berişning özi hali birinçi qadam bölib, undan keyin «eng murakkab qismi boşlanadi». Patriot tizimi uçun raketalar subpudratçilar tomonidan işlab çiqariladigan köplab komponentlardan iborat bölib, ularni Ukrainada yiğişni taşkil etiş uçun ta’minot zanjirlarini töğri yölga qöyiş talab etiladi.

Uşbu komponentlarning köpçiligini işlab çiqariş jarayoni juda murakkab bölib, bular – dvigatellar uçun yoqilği aralaşmalari, purkagiçlar (suyuqlik oqimini tezlaştiriş uçun möljallangan maxsus quvur) va yondirgiçlar, şuningdek, raketani nişonga yönaltiruvçi tizimlardir. AQŞdagi köplab yirik mudofaa pudratçilari raketa komponentlarini işlab çiqariş uçun bir xil subpudratçilarga tayanadi va Ukrainada Patriot işlab çiqarişning yölga qöyilişi tanqis qismlar uçun raqobatga olib kelişi mumkin.