Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston YeIga Markaziy Osiyo bo‘yicha taklif bilan chiqdi
Foto: KAZINFORM
Qozog‘iston Yevroittifoqqa Markaziy Osiyodagi loyihalarga Yevropa kapitalini jalb etish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqishni taklif etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo munosabatlariga 25 yil: o‘tmishdan kelajakka” xalqaro anjumanida ma'lum qildi.
"Qozog‘iston Yevroittifoqning Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyani yangilash bo‘yicha qarorini ma'qullaydi hamda bu borada aniq takliflar bilan chiqishga tayyor", - dedi Abdraxmanov.
Rejalarga ko‘ra, hujjat dasturi 2019 yilning o‘rtalariga qadar tayyorlanadi. Unda kelajakdagi hamkorlikning asosiy ustuvor jihatlari bo‘ladi.
Qozog‘iston TIV rahbarining ta'kidlashicha, Ostona hujjat amaliy jihatini kuchaytirishga e'tiborni qaratish hamda mintaqa mamlakatlari ehtiyojidan kelib chiqishni taklif qilmoqda.
"Biz YeIga Markaziy Osiyodagi turli loyihalarga Yevropa xususiy kapitalini jalb etishga ko‘maklashadigan yangi mexanizmlar ishlab chiqishni taklif etmoqdamiz. Bu Yevropa kompaniyalariga mintaqaviy bozorga chiqish hamda mintaqada YeI pozitsiyasini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi", - deya xabar berdi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI bilan energiya samaradorlik, ta'lim, atrof-muhitni himoya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, transport-logistika infratuzilmasi sohalarida o‘zaro hamkorlik uchun yaxshi istiqbollar mavjud. Vazirning ta'kidlashicha, Qozog‘iston Markaziy Osiyo va YeI o‘rtasidagi hamkorlikda xavfsizlik hamda barqarorlikni mustahkamlash asosiy ustuvor yo‘nalishga aylanishi lozim.
Mavzuga oid
07:57
MO davlatlari tuproqni himoya qilish uchun keng ko‘lamli iqlim loyihasini tayyorlamoqda
19:32 / 28.04.2026
Rossiya Markaziy Osiyodagi tashqi harbiy ishtirokka qarshi chiqdi
15:28 / 25.04.2026
Kompensatsiya talabi, havo iflosligi va eriyotgan muzliklar. MO yetakchilari eko-sammitda nimalarni gapirdi?
13:52 / 23.04.2026