SpaceX global internetni ishga tushirish muddati haqida yangi ma'lumot berdi
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi global internet ishga tushirilish muddati bo‘yicha shubhaga bormoqda. Bu haqda The Wall Street Journal kompaniya bayonotiga asosan xabar qilgan.
SpaceX matbuot kotibi Jon Teylorning aytishicha, kompaniya internetga sayyoraning istalgan nuqtasidan kirishni nazarda tutuvchi Starlink loyihasini o‘z vaqtida yakunlay olmayapti. Bu bir necha mingta sun'iy yo‘ldoshni uchirish orqali amalga oshiriladi.
Teylorning ta'kidlashicha, loyiha amalga oshirilganidan boshlab jiddiy xarajatlar paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, birinchi ikkita sun'iy yo‘ldosh Yer orbitasiga 22 fevralga qadar chiqishi kerak bo‘lgan, kompaniya esa hozirgacha loyiha bo‘yicha yakuniy muhandislik va moliyaviy hisob-kitoblarni yakunlay olmadi.
Shuning uchun hattoki muvaffaqiyatli startda ham global tarmoq avvaldan rejalashtirilganidek 2020 yilgacha butunlay ishga tushirilmaydi.
Ilon Mask Starlink loyihasi doirasida butun dunyoni 4,5 mingta sun'iy yo‘ldoshni uchirish orqali internet bilan ta'minlashni nazarda tutgan, ular 1,1 – 1,3 ming kilometr balandlikda harakatlanadi. Yana 7,5 ming qurilma orbitada 346 kilometrdan balandda bo‘lmasligi kerak.
Mavzuga oid
22:03 / 25.10.2024
Crew Dragon-8 kosmik kemasi XKSdan muvaffaqiyatli qaytib keldi
22:13 / 24.10.2024
SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam beradi
21:00 / 15.10.2024
SpaceX kompaniyasi Starlink uchun yana 43 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
19:30 / 13.10.2024