09:40 / 23.02.2018
10679

«Arsenal», «Milan», «Atletiko» va «Borussiya» keyingi bosqichda. Kunning barcha o‘yinlari

22 fevral kuni Yevropa Ligasida 1/16 final bosqichi javob o‘yinlari o‘tkazildi va keyingi bosqichning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.

«Arsenal» Londonda Shvetsiyaning «Estersund» klubiga kutilmaganda imkoniyatni boy berdi — 1:2.

«Kanonirlar» birinchi golni 22-daqiqada o‘tkazishdi — Kalum Chembers avtogol muallifi. Bir daqiqa o‘tib hisob 0:2 ko‘rinishiga keldi — Ken Sem aniq harakat qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Siyod Kolashinats bitta javob goli yo‘lladi, o‘yinda boshqa gol urilmadi.

Bu mag‘lubiyatga qaramasdan Arsen Venger shogirdlari ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqdi, safardagi uchrashuv «Arsenal»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

«Atalanta» va Dortmundning «Borussiya» klublari Italiyada kuch sinashdi va — 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Bir hafta oldin o‘z maydonida 2 gol o‘tkazib, 3:2 hisobida g‘alaba qozongan nemislar jamoasi turnirni tark etishga yaqin keldi, Italiyadagi bahsda bergamoliklar 83-daqiqagacha 1:0 hisobida oldinda borishdi, bu hisob mezbonlarni to‘la qanoatlantirardi, ammo Marsel Shmeltser o‘yin oxirida hisobni tenglashtirdi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

«Atletiko» o‘z maydonida «Kopengagen»ni kichik hisobda yengdi, «Latsio» «Styaua»ni yirik hisobda tor-mor etdi. Har ikkala g‘olib musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

«Napoli» safarda «RB Leyptsig»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Biroq, dastlabki o‘yindagi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat italiyaliklarni musobaqadan chiqarib yubordi.

«Milan» o‘z maydonida «Ludogorets»ni qabul qildi. «San-Siro»da kechgan bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona goli Fabio Borini nomiga yozildi. Birinchi o‘yinda italyanlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Shu tariqa,  «Milan» turnirning 1/8 finaliga chiqdi, bolgarlar klubi turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Keyingi raundga «Marsel» va «Red Bull Zaltsburg» jamoalari ham chiqishdi. Bu klublar mos ravishda «Braga» hamda «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinlardan o‘tishdi.

Shuningdek, TsSKA «Tsrvena Zvezda»ni yengdi, «Zenit» «Seltik» to‘sig‘idan o‘tdi, «Lokomotiv» «Nitstsa»ga imkon qoldirmadi, «Atletik» «Spartak»ni ortda qoldirdi, «Sporting», «Dinamo Kiyev», «Lion» va «Viktoriya» klublari ham keyingi bosqichga chiqishdi.

Yevropa Ligasi
1/16 final
Javob o‘yinlari

Latsio Italiya – Styaua Ruminiya 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 
1:0 – 7 Immobile, 2:0 – 35 Bashtush, 3:0 – 43 Immobile, 4:0 – 51 Felipe Anderson, 5:0 – 71 Immobile, 5:1 – 82 Gnoere. 
Dastlabki o‘yin: 0:1

Sporting Portugaliya – Astana Qozog‘iston 3:3 (1:1, 2:2)
Gollar: 
1:0 – 3 Dost, 1:1 – 37 Tomasov, 2:1 – 53 Fernandesh, 3:1 – 63 Fernandesh, 3:2 – 80 Tvumasi, 3:3 – 90 Shomko. 
Dastlabki o‘yin: 3:1

Atletiko Ispaniya – Kopengagen Daniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 
1:0 – 7 Gameyro. 
Dastlabki o‘yin: 4:1

Dinamo Kiyev Ukraina – AYeK Gretsiya 0:0 
Dastlabki o‘yin: 1:1

RB Leyptsig Germaniya – Napoli Italiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 
0:1 – 32 Zelinski, 0:2 – 86 Insine. 
Dastlabki o‘yin: 3:1

Vilyarreal Ispaniya – Lion Fransiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
 0:1 – 85 Traore. 
Dastlabki o‘yin: 1:3

Viktoriya Plzen Chexiya – Partizan Serbiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 
1:0 – 67 Krmenchik, 2:0 – 90 Chermak. 
Dastlabki o‘yin: 1:1

Zenit Rossiya – Seltik Shotlandiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Ivanovich, 2:0 – 27 Kuzyayev, 3:0 – 61 Kokorin
Dastlabki o‘yin: 0:1

Arsenal Angliya – Estersund Shvetsiya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 22 Ayyesh, 0:2 – 23 Sema, 1:2 – 47 Kolashinats.
Dastlabki o‘yin: 3:0

Atalanta Italiya – Borussiya D Germaniya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Toloi, 1:1 – 83 Shmeltser.
Dastlabki o‘yin: 2:3

Atletik Ispaniya – Spartak Rossiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 44 Luis Adriano, 1:1 – 57 Echeyta, 1:2 – 85 Melgarexo
Dastlabki o‘yin: 3:1

Milan Italiya – Ludogorets Bolgariya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 21 Borini.
Birinchi o‘yin: 3:0

Braga Portugaliya – Marsel Fransiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Orta.
Birinchi o‘yin: 0:3

Red Bull Avstriya – Real Sosedad Ispaniya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Dabur, 1:1 – 28 Navas, 2:1 – 74, penalti Berisha.
Birinchi o‘yin: 2:2

Kunning barcha o‘yinlari:

Keyingi bosqichning barcha ishtirokchilari:  «Milan», «Arsenal», «Borussiya» Dortmund, «Atletik», «Atletiko», «Marsel», «Dinamo» Kiyev, «Latsio», «RB Leyptsig», «Red Bull», «Viktoriya Plzen», «Sporting», «Lion», TsSKA, «Lokomotiv» va «Zenit».

Top