Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya organlari va FHDYo binolari ta'mirlanadi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 124-son «Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
2018 — 2019 yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va ta'mirlash dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlandi, u o‘z ichiga 2 yo‘nalishni oladi:
• O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston adliya vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalarining binolarini qurish va ta'mirlash;
• FHDYo organlari binolarini qurish va ta'mirlash.
Adliya vazirligi, zarurat tug‘ilganda, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish bo‘yicha vazifalardan kelib chiqib, obektlarni almashtirish huquqiga ega.
Mazkur Dasturni amalga oshirish doirasida:
• buyurtmachilar etib — Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari;
• bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar etib — o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblar;
• moliyalashtirish manbalari etib — Adliya vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari, Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYuU) o‘qitishning oshirilgan to‘lov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablag‘lar, homiylik va xalqaro donorlarning texnik yordam mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar belgilandi.
TDYuU 2017/2018 o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktlar shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning bir qismidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar o‘tkazishdan ozod qilindi.
1.03.2018 yildan boshlab adliya organlari va muassasalarining byudjyetdan tashqari mablag‘lari (notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining 8%i), shu jumladan TDYuUda o‘qitishning oshirilgan to‘lov-kontrakt summasini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar adliya vaziri tomonidan (Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda) byudjyetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.
Shu munosabat bilan qonun hujjatlariga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
Hujjat 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
17:45 / 18.02.2026